“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:10
ЎЗO‘Z

Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab

03 avg, 23:14 2 761 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab
Malina mavsumi boshlanishi bilan bekajonlar murabbo tayyorlashga kirishadi. Ushbu rezavor mazali bo‘lishi bilan birga, bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega, deb yozadi Daryo.

Qondagi shakar miqdorini nazorat qiladi
Malinada kraxmalning parchalanishiga ta’sir o‘tkazadigan ko‘p miqdordagi taninlar mavjud. Bu rezavor past glisemik indeksga (GI) va kletchatkaga boy. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, malina parhez bilan birgalikda qondagi qand miqdorini pasaytirishga va insulin reaksiyasini yaxshilashga yordam beradi.

Artrit alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi
Antosiyaninlar – bu o‘simlik pigmentlari bo‘lib, ular meva va sabzavotlarga rang beradi va ularning birikmalari orqali yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tabiiy bo‘yoqlar tufayli artrit rivojlanish xavfi kamayadi. Bundan tashqari, kasallik allaqachon rivojlanganda ham bo‘g‘imlarning holati yomonlashishdan to‘xtaydi.

Qarish jarayonining oldini oladi
Polifenollar malinani ultrabinafsha nurlanishining salbiy ta’siridan himoya qiladi  – ular insonlarga ham yordam berishi mumkin. Ko‘pgina polifenollar kuchli antioksidantlar bo‘lib, qarish bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu mo‘’jizaviy rezavor kollagen ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan C vitaminiga boy.

Metabolik sindromdan himoya qiladi
Insulinga sezuvchanlik salomatlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Metabolik sindromi sichqonlar bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda ishtirokchilar har kuni bir marta malina iste’mol qilish bilan o‘z vaznini barqarorlashtirishi va insulinga sezuvchanligini oshirishi ko‘rsatilgan.

Saratonga qarshi xususiyatlarga ega
Malinalar, shuningdek, nazariy jihatdan yo‘g‘on ichak, ko‘krak va jigar saratonidan himoya qiladigan antioksidantlarga boy. Ushbu tadqiqotlarning aksariyati hayvonlar ustida o‘tkazilgan, shuning uchun malinaning ushbu xususiyatini ko‘proq odamlarda sinab ko‘rish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 188
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 217
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 338
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar