“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:09
ЎЗO‘Z

Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi"

03 avg, 12:50 2 249 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodovning agenti: "Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi"
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Roma" klubi bilan 2025 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.
Rossiyaning "Sport Ekspress" nashri Shomurodovning agenti German Tkachenko bilan suhbatlashdi.

- "Roma" Shomurodov bilan shartnoma tuzilganini e’lon qildi. Bu o‘tish haqida nima deya olasiz? Chetdan qaraganda bu ertakka o‘xshaydi: oddiygina o‘zbek yigiti top-klubda.
- Shomurodovning "Roma"ga o‘tishi - ertak emas. Bu 90 foiz Eldorning mashaqqatli mehnati va qobiliyati, qolgan 10 foiz esa biz shunchaki o‘z ishimizni sifatli bajardik. Albatta, bu Eldorning o‘z mehnati, qobiliyati va harakati samarasi. Bu A seriyadagi 10 oy ichida urilgan 8ta gol bilan cheklanmaydi. U jamoa uchun ham o‘ynadi, sheriklariga vaziyatlar yaratishga urindi. Ishga va insonlarga bo‘lgan munosabati ham muhim o‘rin tutadi. Qisqa vaqt ichida uni "Jenoa"dagi futbolchilar, baza va klubdagi ishchilar, minglab muxlislar yaxshi ko‘rib qolishdi. Umuman olganda, A Seriya uni juda yaxshi qabul qildi. Qishki transfer oynasi vaqtidayoq jurnalistlar va top-klublardan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlardan bilib oldik.

- Qachon va qanday qilib "Roma"ning qiziqishi paydo bo‘ldi?
- Mish-mish emas, jiddiy qiziqish taxminan 3 hafta oldin paydo bo‘ldi. "Jenoa" bizga Rim klubidan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumot berdi va bu haqiqat edi. Bunga qadar barchasi mish-mish edi.

- "Roma"ning qiziqishi haqida eshitganida Eldorning birinchi reaksiyasi qanday bo‘ldi?
- Biz unga shunday variant borligi aytganimizda: "Oxo. Bu rostmi?" dedi. O‘sha paytda u "Jenoa" safida yig‘inda edi. U bilan yozgi transfer oynasi vaqtida boshqa davlatga ko‘chib o‘tmasligi borasida aytdik, shunda ortiqcha asabiylashish bo‘lmasdi. "Jenoa"ga faqat klubni ham, futbolchini ham qoniqtiradigan jiddiy taklif bo‘lsagina transfer amalga oshishi mumkinligi haqida aytdik. Mana bu amalga oshdi.

- "Roma"da hozir Joze Mourinyu ishlamoqda. Eldor u bilan suhbatlashdimi?
- "Jenoa"ning ruxsati bilan ular telefon orqali gaplashishdi. Joze undan holati, kayfiyati haqida so‘radi. "Roma" ayni paytda Portugaliyada yig‘in olib bormoqda, Eldor u yerga uchib borgach, Joze bazada uni qarshi oldi va kulib yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi: bir necha yil oldin ular Moskvada uchrashib qolishgan va rasmga tushishgandi. Umuman, barchasi ijobiy ruhda o‘tdi.

- Bu keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijarami?
- Yo‘q, bu to‘laqonli transfer", - deydi Tkachenko "Sport Ekspress" nashriga.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar