“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:03
ЎЗO‘Z

Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt

02 avg, 20:45 3 596 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tarvuz haqida 8 ta hayratlanarli fakt
Yoz oylarida dasturxonni tarvuzsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Issiq quyosh taftida pishib yetilgan tarvuz haqida hayratga soluvchi faktlar bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Sportchilar uchun foydali
Jismoniy mashqlar bilan faol shug‘ullanishga qaror qilganlar va ertalab fitnes bilan shug‘ullanishni yoki yugurishni rejalashtirmoqchi bo‘lganlar tarvuzlarning ajoyib bir xususiyati haqida bilishi ortiqchalik qilmaydi. Bu sersuv poliz ekini mushaklar og‘rig‘ining oldini olishga yordam beradigan aminokislota L-sitrulinning yuqori darajasiga ega. Kuchli mashg‘ulotdan so‘ng mushaklarda og‘riq sezilmasligi uchun yangi tarvuzning 1/3 qismining sharbatini ichish tavsiya etiladi. Bu og‘riq va chanqoqni bosishga yordam beradi.

Tarvuz po‘sti va urug‘ini yeyish mumkin
Bu qanchalik kulgili tuyilmasin, tarvuz qobig‘ini tashlamaslik qat’iy tavsiya etiladi. Birinchidan, ular mazali. Ularni mayda bo‘laklarga bo‘lib, limon, bodring va maydalangan muz bilan birga blenderga solish kerak. Ta’bga ko‘ra, shakar yoki ko‘katlarni ham qo‘shish mumkin. Natijada nafaqat tetiklashtiruvchi ichimlik, balki C, B1, B2 vitaminlari, karotin, foliy kislotasi va pantoten kislotasi kokteyli ham hosil bo‘ladi. Ichimlikka urug‘larni qo‘shish shart emas. Aslida, ular qovoq yoki kungaboqar urug‘idan farq qilmaydi,  yallig‘lanishga qarshi, terining sog‘lig‘ini yaxshilaydi, shuningdek, tarkibida temir, rux, oqsil va tola mavjud.

Tarvuz – bu suv
Tarvuzlar, asosan, suvdan iborat ekanligi barchaga ma’lum. Lekin ularning «suvli» ekanligi-chi? Bu mevadagi suyuqlik miqdori taxminan 91 foizni tashkil qiladi, ehtimol, shuning uchun u ham eng kam kaloriyali shirin yeguliklardan biridir.

Ko‘z va miya uchun foydali
Tarvuzning bir-ikki bo‘lagi ko‘rish va aqliy ish faoliyatini yaxshilaydi. Olimlar tarvuzda A va B6 vitaminining yuqori darajasini topganlarida shunday xulosaga keldi. Birinchisi ko‘zlarni turli infeksiyalardan himoya qiladi va miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Ikkinchisi xotirani mustahkamlaydi va fikrlash tezligini oshiradi.

Ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi
Tananing ultrabinafsha nurlanishiga chidamliligini oshiradigan bir qancha mahsulotlar mavjud. Tarvuz esa ulardan faqat bittasi. Albatta, tarvuzni iste’mol qilish sanskrindan foydalanishni rad etmaydi, lekin boshqa tomondan, uning tarkibidagi likopen kuchli antioksidant xususiyatlarga ega va quyosh nurlariga qarshi tura oladi.

Shakar hosil qiladi
Pishgan tarvuzda 5 foizdan 13 foizgacha oson hazm bo‘ladigan shakar mavjud. Pishish paytida fruktoza va glyukoza sintezlana boshlaydi. Saxaroza esa tarvuzda keyinroq, mevalarni saqlash vaqtida paydo bo‘ladi. Shuning uchun qandli diabetga chalinganlarga faqat pishgan tarvuzdan oz miqdorda yeyish tavsiya etiladi, chunki meva qachon terilganini aniqlash har doim ham mumkin emas.

Toksinlarni olib tashlashga yordam beradi
Tarvuz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak va jigarni tozalaydi, xolesterinni tanadan olib tashlashga ham yordam beradi. Ayniqsa, tarvuzlar tosh shakllanishi muammosiga muntazam duch keladigan odamlar uchun tavsiya etiladi. Aytgancha, agar ratsiondan tarvuzni chiqarib tashlash uchun yaxshi sabab bo‘lmasa, unda kuniga 2-3 kg gacha tarvuz iste’mol qilishingiz mumkin.

Nitratlar borligini tekshirish oson
Tarvuz organizm uchun eng xavfsiz mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning qalin terisi atmosferadan turli zararli moddalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Biroq so‘nggi yillarda nitratlar yordamida yetishtiriladigan tarvuzlar soni ayniqsa keskin oshdi. Sotib olingan tarvuzni tekshirish aslida juda oddiy. Tarvuzning kichik bir qismi kesib olinadi va suvga solinadi. Agar bir yarim soatdan keyin suvning rangi biroz o‘zgarmasa, unda hammasi yaxshi, lekin agar suv pushti, qizil yoki to‘q sariq rangga ega bo‘lsa, bu mevani iste’mol qilmagan ma’qul.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Issiq kunlarda qanday taomlangan ma’qul? 04 iyul, 19:23
  • Poliz tabibi — tarvuz haqida siz bilmagan faktlar 04 avg, 09:26
  • Qashqadaryoda noodatiy sariq tarvuz eksport qilinmoqda 10 iyul, 14:01
  • Qashqadaryoda tarvuz pishishiga 10 kun qoldi 27 apr, 08:06
  • Bloger minbari: Tarvuzning zarari haqida 05 dek, 11:30
  • Tarvuz ko‘z va miya uchun foydali 14 iyul, 15:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video) 16 sen, 19:44 805
  • Bo‘limlar