“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:55
ЎЗO‘Z

Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video)

02 avg, 16:44 2 750 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video)
Ular viloyat hokimi qabul qilmagani sababli o‘z noroziliklarini yo‘lni to‘sish orqali namoyish etishgan edi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 31 iyul kuni Andijon viloyatida bir guruh fuqarolar viloyat hokimligi binosi oldiga hokim qabuli uchun kelishgan.
Hokimlik tomonidan qabul kuniga o‘zgartirish kiritilgani va hozirda hokimning birinchi o‘rinbosari qabuliga kiritilishi ma’lum qilingan. Biroq fuqarolar o‘rinbosar qabuliga kirishdan bosh tortishgan va hokimlik binosi yonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga chiqib, mashinalar harakatini cheklashga urinishgan.

Shundan so‘ng mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hujjatlar Andijon shahar sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan 11 nafar fuqaroga MJtKning 183-(mayda bezorilik), 194-(IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 201-moddalari (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismiga ko‘ra 8-11 sutka ma’muriy qamoq jazosi va yana 6 nafar fuqaroga BHMning 7 baravari (1 mln 715 ming so‘m) jarima tayinlangan.

Bunday holat Andijonda birinchi marta emas. O‘tgan yili internetda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov unga «sassiq gapirgan» marhamatlik uch ayolni 15 sutkaga qamatgani haqida gapirgan audio tarqalgan va ushbu audioga viloyat hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • So'nggi yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 71
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Bo‘limlar