“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:46
ЎЗO‘Z

Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi

02 avg, 15:45 1 454 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyati IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat 28 iyul kuni Olmaliq shahri hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida tasvirga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan «O‘zbektemir yo‘lmashta’mir» unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani sababli to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga chiqib, mashinani ko‘p ushlab turmasligini, haydovchiga nisbatan «xushmuomala» bo‘lishini aytib, transport vositasini qo‘yib yuborishini aytgan. Shundan so‘ng haydovchi harakatni davom ettirgan.

Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarini buzgani uchun intizomiy jazolandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan». Qoidabuzar Malibu’ni to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yubordi 02 avg, 12:40
  • «YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko‘rsatdi» videosiga izoh berildi 07 мая, 14:30
  • YPX xodimi sizni to‘xtatganda qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi? 10 mar, 08:55
  • Samarqandda tungi poyga uyushtirgan «forsajchilar» qamaldi (foto, video) 07 yanv, 23:45
  • YPX xodimlari bilan munosabatda qanday huquqlarga egaligingizni bilasizmi? 07 yanv, 14:36
  • Toshkentda 1 noyabrdan keyin ham haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yilishiga asos bo‘ladigan 14 ta holat 28 okt, 00:16
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbeklarda millatchilik bormi? 17 sen, 00:14 0
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Bo‘limlar