“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:18
ЎЗO‘Z

«Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan». Qoidabuzar Malibu’ni to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yubordi

02 avg, 12:40 4 101 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan». Qoidabuzar Malibu’ni to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yubordi
Kadr: Telegram
Toshkent viloyatida qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. «Toshkent» telekanalining «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida efirga uzatilgan holatga bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev e’tibor qaratgan.

Videodan ko‘rish mumkinki, o‘zini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi Malibu-2 avtomobilini haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani uchun to‘xtatgan. Xizmat vazifasini bajarib, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida YPX inspektoriga ratsiya orqali aloqaga chiqilgan va Malibu’ni qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq berilgan.

«Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor», — deydi ratsiya nargi taravidagi ovoz.

YPX inspektori buyruqni bajargan holda Malibu avtomobilining harakatlanishiga ruxsat bergan.
«Har yili yo‘llarda qoidabuzarlar sababli minglab insonlar o‘lmoqda. Va mana shuncha insonning halok bo‘lishiga shunaqa o‘zini qonundan ustun deb biladigan ‘kattakon amaldorlar’ hamda o‘zlari qonunlarni oyoqosti qiladigan yo‘l harakati xavfsizligi rahbarlari ham sababchi. Ha, ha, o‘limlarga aynan sizlar ham sababchisizlar, vijdonsizlar», — deya holatga munosabat bildiradi bloger.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 144
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 151
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 204
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar