“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 13:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda bir kunda 789 kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan mutlaq antirekord

27 iyul, 11:11 1 884 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda bir kunda 789 kishida koronavirus aniqlandi — bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan mutlaq antirekord
O‘zbekistonda 26-iyul kuni 789 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan shaxslar soni 125 784 nafarga yetgan.

Yangi kasallanish holatlarining:
Qayd etish joizki, Surxondaryo viloyatida 26-iyul kuni koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha 2021-yil antirekordi qayd etildi — bungacha viloyatda bir kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 23-iyul kuni kuzatilgan, o‘shanda 88 kishida kasallik aniqlangan edi. Shuningdek, Toshkent viloyatida ham kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan — 105 nafar (bundan oldingi antirekord 23-iyul kuniga to‘g‘ri keladi — 95 nafar).

Bundan tashqari, 26-iyulda kun davomida 521 kishida pnevmoniya aniqlandi (taqqoslash uchun, 25-iyul kuni 482 kishida, 24-iyul kuni 494 kishida, 25-iyul kuni 507 kishida (yil antirekordi) pnevmoniya tasdiqlangan edi).

Foto: SSV matbuot xizmati
Shuningdek, 26-iyulda kun davomida Qoraqalpog‘istonda 92 nafar, Andijonda 98 nafar, Buxoroda 33 nafar, Jizzaxda 104 nafar, Qashqadaryoda 22 nafar, Navoiyda 10 nafar, Namanganda 20 nafar, Samarqandda 120 nafar, Sirdaryoda 28 nafar, Surxondaryoda 72 nafar, Farg‘onada 65 nafar, Xorazm 40 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 106 nafar bemor — mamlakat bo‘yicha jami 871 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 120 320 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.

“Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi”, — deyiladi SSV xabarida. 26-iyul yakunlariga ko‘ra, mamlakat kasalxonalarida davolanayotgan bemorlar soni 4619 nafarni tashkil etmoqda — bu 25-iyuldagi davolanayotgan bemorlar sonidan 88 nafarga kam.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 143
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 148
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 298
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 08 apr, 22:37 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 0
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 0
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 1
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 37
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 70
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 86
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 141
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 177
  • Bo‘limlar