“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:04
ЎЗO‘Z

Tojikiston hududiga qochib o‘tgan afg‘on qirg‘izlari Afg‘onistonga qaytarildi

19 iyul, 08:00 2 394 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston hududiga qochib o‘tgan afg‘on qirg‘izlari Afg‘onistonga qaytarildi
Foto: asiaplustj.info
13-14 iyul kunlari Tojikiston davlat chegarasini kesib o‘tgan 345 nafar afg‘on qirg‘izi Afg‘onistonga qaytarildi. Bu haqda Tojikiston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Joriy yilning 17-18 iyul kunlari Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vahon uyezdi Andemin qishlog‘ida yashovchi 345 nafar qirg‘iz 4 ming bosh uy hayvoni va transport vositalari bilan birga o‘zining doimiy yashash joyi – Vahon uyezdiga qaytarildi”, deb aytilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, ularda 3,5 kgdan ko‘proq giyohvand modda topilgan va musodara qilingan.
Qochqinlarning yurtlariga qaytarilishi Afg‘oniston hukumati ularning xavfsizligini kafolatlagandan keyin tashkillashtirilgan. Qochqinlar Tojikistonda qolish vaqtida BMT konvensiyasiga ko‘ra vaqtincha yashash joyi, oziq-ovqat va tibbiy xizmat bilan ta’minlangan.

14 iyulda Tojikiston chegara qo‘shinlari 347 nafar afg‘on qirg‘izi “Tolibon” hujumidan qochib, Tojikiston hududiga o‘tganini ma’lum qilgandi. Ular orasida 91 erkak, 77 ayol, 64 o‘g‘il bola va 113 qiz bola bo‘lgan. Ularning barchasi Andemin qishlog‘ida yashagan.

Chegarani kesib o‘tish vaqtida 2 nafar go‘dak halok bo‘lgan. Tojik chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik nuqtayi nazaridan, qochqinlarning Tojikistonga o‘tishiga to‘sqinlik qilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 173
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar