“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:08
ЎЗO‘Z

Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Yevropaga sotishmoqchi!

08 iyul, 08:00 3 720 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Yevropaga sotishmoqchi!
Qozog‘iston primer-ligasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashish maqsadida “Aktobe” klubi qishki transferlar vaqtida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan edi. Aktobeliklarning eng shov-shuvli transferi O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bo‘ldi.

Lekin chempionat o‘yinlari “Aktobe” uchun muvaffaqiyatli kechmayapti. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan jamoa musobaqa jadvalining quyi qismiga tushib qoldi.

Vujudga kelgan vaziyat legioner futbolchilarda bu loyihaning kelajagiga shub ha uyg‘otayotgani aytilmoqda. Xususan, qozoq matbuotining yozishicha, Igor Sergeyev ham “Aktobe”ning kelajagiga ishonmayapti.

Qozog‘istonda yozgi transfer bozori ochildi. Chempionatning birinchi yarmida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilarga boshqa klublardan takliflar kela boshladi.

“Aktobe” klubi rahbariyati ham boshqa jamoalar e’tiborini qozongan futbolchilarini sotib yuborishga qaror qildi. Biroq, aktobeliklar Igor Sereyevni Qozog‘iston premer-ligasi vakillari safiga transfer qilmaydi. Sababi oddiy – ular raqib jamoa kuchayib ketishini istamaydi. Shu bois, “Aktobe” agar Igor Sergeyevni jamoada qolishga ko‘ndira olmasa, xorij jamoalaridan biriga sotib yubormoqchi.

“Aktobe” loyihasining o‘xshamaganiga klubda moliyaviy inqiroz borligi sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Ular Igor Sergeyev transferi orqali moliyaviy holatni barqarorlashtirmoqchi. Igor jamoaning eng katta maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi. Norasmiy ma’lumotlarda ular legionemizga oyiga 19000 ming dollar miqdorida maosh to‘layotgani haqida yozilmoqda.

Avvalroq, “Paxtakor” o‘z tarixidagi eng zo‘r to‘purarni qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bundan tashqari, Igor Sergeyevning agenti futbolchiga Angliyaning “Sheffild Yunayted" klubidan qiziqish borligini tasdiqlagan.

Shuningdek, Polsha va Chexiya jamoalari ham Igor Sergeyev transferini amalga oshirishga tayyor. Klublardan biri “Aktobe”ga 75000 yevro taklif qilayotgan ekan.

Igor Sergeyevning o‘zi Qozog‘iston premer-ligasida o‘zining to‘purarlik mahoratini namoyish eta oldi. Legionerimiz yangi jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta aniq nishonga oldi, bitta golli pas uzatdi.

Igor Sergeyev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda asosiy tarkibda debyutini nishonlagan. 28 yoshli hujumchi o‘tgan yili “Paxtakor”ning O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi eng zo‘r to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan edi. Sergeyev o‘zini tarbiyalagan klub uchun milliy chempionatda 180 ta uchrashuv o‘tkazib, gollari sonini 101 ta yetkazdi.

Shuningdek, Igor faoliyati davomida Xitoy chempionatida “Beyszin Goan” (14 ta o‘yin, bitta gol) hamda Birlashgan Arab Amirliklarida “Az-Zafra” (6 ta o‘yin, bitta gol) sharafini himoya qilgan.

Tajribali hujumchi “Paxtakor” safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi, bir bor chempionat bronza medali sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari, Igor Sergeyev 2015 yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi to‘purari  unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Igor Sergeyev ilk marotaba O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 2013 yilning 10 sentabrida Iordaniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jalb qilingan edi. 15 oktabr kuni terma jamoamiz safidagi ikkinchi o‘yinida Vetnam darvozasini ishg‘ol qilib, debyut golini kiritgan. Shundan beri, bosh jamoa tarkibida 54 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta aniq nishonga olgan.

Igor Sergeyev joriy mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotganiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan jahon chempionati saralash musobaqasining Saudiya Arabistonida tashkil etilgan bosqichida Igor Sergeyevga ishonch bildirmadi...




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 414
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 52
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 219
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 349
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 363
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 817
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar