“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy safarbar qilinadi

06 iyul, 14:40 2 541 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy safarbar qilinadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzoga tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilish topshirig‘ini berdi. Xabar qilinishicha, Rahmon Tojikiston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday topshiriq bergan.

«Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida siyosiy vaziyat keskinlashganini e’tiborga olib, davlat rahbari xavfsizlik kengashi a’zolariga, kuch ishlatish tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga davlat va tojik-afg‘on chegarasidagi millat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirig‘ini berdi», degan RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.

Avvalroq 5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati jangarilari bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan. Afg‘oniston hukumatining 1037 nafar harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 1
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 131
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar