“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

Senatorlar muhim qonunni ma’qullashdi

26 iyun, 15:53 2 245 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senatorlar muhim qonunni ma’qullashdi
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Ayni vaqtda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ko‘plab ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ya’ni davlatimiz barcha millatlar tili va madaniyati rivojlanishiga yetarlicha sharoit yaratgan.

«O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni hamda Senat Kengashining «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida»gi qarori asosida ishlab chiqilgan.

«Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, Prezident Farmoni bilan 21 oktabr sanasi yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi. Bu bayram haqidagi norma yangi Qonunda ham o‘z ifodasini topgan.

Shuningdek, Qonunda amaldagisida mavjud bo‘lmagan ko‘pgina me’yorlar belgilanmoqda. Xususan, amaldagi «Davlat tili haqida»gi Qonunda mazkur qonunning amalga oshirilishini ta’minlaydigan, bu sohada yagona davlat siyosatini olib boruvchi maxsus davlat organi va uning huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar umuman ochib berilmagan.

Bundan tashqari, davlat xizmatchilariga nisbatan davlat tilini bilishga oid talablarning belgilanmaganligi ham ushbu Qonunning amalda ishlamasligiga olib kelmoqda.

Shundan kelib chiqib, huquqiy sohada hamda milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq aks ettirish va «Davlat tili haqida»gi Qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida u yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Unda Qonunning maqsadi va qo‘llanish sohasi, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili, O‘zbekiston Respublikasida boshqa tillarning maqomi, til bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik, davlat tilini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha vakolatlari, davlat organlari va tashkilotlarining davlat tilini rivojlantirish sohasidagi vakolatlari, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati kabi yangi normalar mavjud.

Mazkur Qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qo‘llanilishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlari yuritiladigan til, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, fuqaroning shaxsini va huquqlarini tasdiqlashda qo‘llaniladigan til masalalari ham batafsil belgilangan.

Qonun qabul qilinishi davlat tilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo‘llanilishiga, uning rivojlanishi va ommalashuviga katta turtki beradi. Jumladan, davlat tilini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Qonuni darajasida belgilanishi barcha sohalarda o‘zbek tilining adabiy til me’yorlari asosida ifoda etilishiga xizmat qiladi. O‘zbek tili bilan bog‘liq tarixiy-ma’naviy merosimizni asrab, kelgusi avlodlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Senatorlar davlatimiz rahbarining har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim, degan fikrlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 237
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 90
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 231
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 220
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar