“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik"

22 iyun, 19:59 3 039 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dragan Skochich: "Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik"
Eron terma jamoasi JCH saralash bahslarida qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi va oxirgi 4 o‘yinni g‘alaba bilan yakunlab keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Eron milliy jamoasi markazlashgan tartibdagi o‘yinlar start olguniga qadar 6 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgandi. Birinchi o‘rinni Iroq 11 ochko, ikkinchi o‘rinni Bahrayn 9 ochko bilan egallab turgandi. Bir qarashda forslar uchun vaziyat juda og‘ir edi, biroq ular bajarib bo‘lmas missiyani uddalay olishdi

Bahraynda tashkil etilgan jahon chempionati saralash bahslarida Eron Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqni mag‘lub etib 18 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rin bilan hal qiluvchi raundga yo‘l oldi. Terma jamoa Tehronga qaytib kelgach, bosh murabbiy Dragan Skochich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Xorvatiyalik murabbiy muvaffaqiyat sabablarini keltirib o‘tdi.

- "Men o‘zimga va jamoamga to‘liq ishonaman. E’tiborni faqat o‘yinga va ishga qarataman. To‘g‘ri, bizni ko‘p tanqid qilishdi, lekin biz ishlashda davom etdik. Vaziyat juda og‘ir edi. Ammo oldimizda 4ta o‘yin bo‘lib, agar hammasini yutsak keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. Chunki asosiy raqiblarimizning 3tadan o‘yini qolgandi".

- "Har to‘rt kunda maydonga tushish oson emas, bunda murabbiy birinchi navbatda futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib boradi. OFK biz joy olgan guruh o‘yinlarini Bahraynga berganida bu menga yoqmadi. Lekin u yerga borganimizdan so‘ng tashkilotchilik ma’qul keldi. Qaror qabul qilib bo‘lingan, shu bois e’tirozga hojat qolmagandi. Biz faqat ishlashda davom etdik. Ishonasizmi, kuniga 20 soatdan ishladik, bu esa o‘z mevasini berdi".

- "E’tibor bergan bo‘lsangiz, hech bir o‘yinda Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Karim Ansarifadni bir paytda maydonga tushirmadik. Albatta, men futbolchilarni tushunaman, hamma futbol o‘ynashni xohlaydi, ammo biz uchun natija muhim edi va buni futbolchilarga astoydil uqtirdim. Men jamoa uchun nima eng yaxshisi bo‘lsa, shuni bajarishga intildim".

- "Hozirgi paytga kelib shartnomam tugadi, chunki ish muddati JCH saralash ikkinchi bosqich oxirigacha edi. Buyog‘iga nima bo‘lishini federatsiya hal qiladi. Shartnomani uzaytirish menga bog‘liq emas. Men faqat bir narsani xohlayman: Eron terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishini", - deydi Dragan Skochich.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 214
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar