“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

21 iyun, 22:32 2 543 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Bugun poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari prezidentlari Abdusalom Azizov va Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani o‘rtasida Hamkorlik shartnomasini imzolashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida imzolangan memorandumda ko‘zda tutilgan ko‘p yillik hamkorlik aloqalari bugun yangi bosqichga chiqdi.

Bugun O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov va QFA prezidenti Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani amalda bo‘lgan ushbu memorandumga qo‘shimcha sifatida futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasi va futbol jarayonlari xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Rahbarlar ushbu hamkorlik shartnomasi so‘nggi davr mobaynida ko‘plab hamkorliklarga zamin yaratganligi alohida ta’kidladilar. Shuningdek, ular kelajakda ham O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, terma jamoalarni tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligini e’tirof etib, bu borada Qatarning katta tajribasi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. “Men Qatar futbol assotsiatsiyasining so‘nggi bir necha yil ichida samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini juda qadrlayman. Yaqin kelajakda QFA bilan hamkorlikda ushbu memorandum ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalariga taqdim etadigan imkoniyatlardan unumli foydalanishimizni istayman. Biz murabbiylarning malakasini oshirish va yana ko‘plab dolzarb masalalarda Qatar tomoni bilan yaqin hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz", - dedi Abdusalom Azizov.

Shuningdek, O‘FA prezidenti Qatar mamlakatini 2022-yilgi Jahon chempionati arafasida ko‘plab xalqaro futbol tadbirlarini o‘tkazayotganini e’tirof etdi. Qatarning bu boradagi tajribasi kelajakdagi hamkorlik uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Shayx Hamad QFA va O‘FAni bir-biriga bog‘lab turadigan azaliy munosabatlarni etirof etdi. “Men bugun ushbu shartnomani imzolash va o‘zaro mustahkam munosabatlarimizni kengaytirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurganimdan baxtiyorman. So‘nggi bir necha yil davomida amaldagi Memorandum jadal suratdagi hamkorlik aloqalariga turtki bo‘ldi va har ikki futbol assotsiatsiyaga ham katta foyda keltirdi. Ammo, men O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini yanada yaqinroq hamkorlik qilish hamda Qatar futboli va Qatar futbol assotsiatsiyasi yurtingiz futboliga amaliy foyda keltirishi tarafdoriman”, - dedi QFA prezidenti.

Kelishuvga kiritilgan yangi qo‘shimchalar sifatida ikki futbol assotsiatsiyasi tomonidan kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya xavfini yengish uchun amalga oshirilgan ishlarni yanada rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shishi ta’kidlandi. So‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani O‘FA prezidentini O‘zbekiston 2022-yilgi 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi va QFAning barcha masalada yordamga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo assotsiatsiyalar futbolni rivojlantirish uchun ko‘proq hamkorlik qilishlari zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, suhbat davomida OFK musobaqalariga tegishli boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 56
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 251
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 41
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 47
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 487
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 166
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 0
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 1
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 2
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 10
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 55
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 111
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 25
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 33
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 424
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 141
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 123
  • Bo‘limlar