“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Birodar Abduraimov Odil Ahmedovga: «Yugurish kerak, uka. O‘zbekiston terma jamoasida bunday o‘ynash aslo mumkin emas»

19 iyun, 21:09 5 434 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birodar Abduraimov Odil Ahmedovga: «Yugurish kerak, uka. O‘zbekiston terma jamoasida bunday o‘ynash aslo mumkin emas»
«Paxtakor» klubining sobiq futbolchisi Birodar Abduraimov 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘FAning navbatdan tashqari kongressida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindagi harakatlarini tanqid ostiga oldi.

"Odilvoy, sizni juda yaxshi futbolchi sifatida bilaman. Ilk bor Olimpiya terma jamoasiga jalb qilinganingizda Samarqanddagi o‘yiningizni ko‘rib, ajoyib futbolchi ekanligingizga amin bo‘lgandim.

Biroq so‘nggi o‘yinda (Saudiya Arabistoniga qarshi — izoh «Daryo») meni xafa qilgan bir vaziyat bo‘ldi. Birinchi golga olib kelgan vaziyat... Sizni himoyada o‘ynashga kim majbur qilyapti? Siz har doim yarim himoyada o‘ynagansiz, to‘g‘rimi? Nima majbur qildi, axir bizga g‘alaba kerak edi.

To‘pni oldirib qo‘yganingizdan keyin... Yugurish kerak, uka. Terma jamoada bunday o‘ynalmaydi-ku! To‘g‘rimi? Siz sardorsiz, jamoani ortingizdan ergashtirishingiz kerak. Kelajakda murabbiy bo‘lasiz. O‘zbekiston uchun bunday o‘ynash aslo mumkin emas!", - dedi Birodar Abduraimov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu majlisda Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2007 yilda debyutini o‘tkazgan. Shu vaqtga qadar Odil terma jamoa safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 217
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 387
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 203
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 278
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar