“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 02:13
ЎЗO‘Z

Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi

17 iyun, 23:41 2 986 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi
Ikki kun oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonidan sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi va JCH-2022 uchun kurashdan juda erta chiqib ketdi.

G'alati tarkib
Saudiya Arabistoni eng kuchli tarkib va odatiy taktikani qo'lladi. Erve Renar "Amerika" ochmadi. Faqat kartochkalar sabab diskvalifikaciyaga uchragan jamoa yulduzi Salim Al Dovsari o'rniga 18-raqamda Abdulrahmon G'aribni tushirdi. Tamom.

Bizchi? Vadim Abramov doimiy kutilmagan qarorlari bilan ajralib turadi. Lekin, bu safargisi oshib tushdi. Hal qiluvchi eng muhim bellashuvda hammasi umuman o'zgartirib yuborildi. Boshlang'ich tarkibimiz elon qilinganda "Tezkor studiya" to'g'ridan-to'g'ri efirga ketayotgandi. Studiyadagi qolgan ishtirokchilarga asosiy tarkibni o'qib berishdan oldin ikki soniya "pauza" bo'lib qoldim.

Murabbiy shuncha yig'inlar o'tkazib keldi va tarkib borasida biror to'xtamga kela olmadi. Juda tezkor saudiyalik o'yinchilarga qarshi himoya markazida 34 yoshga qarab ketayotgan Odil Ahmedov qo'yildi. Bu xatoga murabbiy saudiyaliklarga qarshi Toshkentda o'tgan bahsda ham yo'l qo'ygandi.

Ikkita qanot vingerlari joyiga esa Vagiz Galiulin hamda Oleg Zoteev tushirildi. Tasavvur qilayapsizmi, Jaloliddin Masharipov va Oybek Bozorovdek vingerlari bor jamoada qanotlarga kimlar tushirildi. Darvoqe, Jaloliddin boshlang'ich tarkibda edi. Faqat o'z joyida emas, hujumchi ortida. Uning eng katta ustunligi dribling va qanotdan erlatib va ayniqsa havolatib beriladigan paslar. Dribling ishlatish uchun masofa kerak, hujum ortida senda masofa juda kam bo'ladi. Yana hujumchi ortida harakatlanib qaerga "karonnyy naves"larini ijro etadi? Murabbiy uning eng kuchli sifatlarini bo'g'ib qo'ydi. O'yin davomida Masharipov va Zoteev joy almashib harakat qildi. Ammo, o'z joyida ko'p ham o'ynamadi.

Murabbiy faktori
Ana shu bellashuv oldidan bir necha bor murabbiy faktori asosiy planga chiqishi haqida aytib keldik va shunday bo'ldi ham. Abramov terma jamoa boshqaruvidagi ikkita eng muhim o'yinlarni boy berdi. Singapurga qarshi asosiy tarkibda tushgan va aytarli o'zini ko'rsata olmagan Zoteev asosiy raqibga qarshi oldingi chiziqda tushib keldi. Jalol esa bir hujumchi ortiga, bir qanotga o'tkazilib turildi. "Nasaf" tarkibida Superligada ham, OFK kubogida ham "yondirib" kelayotgan Oybek Bozorov zaxirada qolib Galiulin va Zoteevni tushirilishini hech kim tushuna olmagan bo'lsa kerak. Renar esa o'z shogirdlari bilan juda samarali ish olib borgani ko'rindi. Mezbonlar maydonning uchinchi qismida bitta "kasaniya" pas o'ynab biznikilarni "uxlatib" ketaverishdi.

Renar shogirdlari juda bemalol o'ynashdi. 3-daqiqadayoq SHahronining pasidan keyin Quvvatov to'pga chiqib keldi, ammo Salmon Al Faraj unga birinchi bo'lib tegdi. Baxtimizga to'p o'ngroqqa ketib qoldi va Fahad Al Muvallad to'pga eta olmadi. Bu birinchi qo'ng'iroq edi. 17-daqiqada Ibrohimhalil Fahadni kutib olishda to'pga tashlandi va raqib undan osongina qochib ketdi. Jarima maydonchasiga pasni esa Ashurmatov burchakka chiqarib yubordi. 22-daqiqada Sulton Al G'annam o'ng qanotdan kirib jarima maydonchamizga orqaroqqa zarba poziciyasiga erlatib pas tashladi. Hamrobekov oxirgi lahzada to'pga otilib xavfni bartaraf etdi. Aks holda Fahad zarba berishga shay turgandi. Saudiyaliklar Singapurga qarshi uchrashuvda xuddi shunday vaziyatdan gol urishgandi. O'shanda 12-raqamdagi Saud Albulhamidning shunday pasini 11-raqamdagi Solih Al SHehri golga aylantirgandi. Yani, buni ular mashg'ulotlarda takrorlashgan. O'ziga xos "uyga vazifalari" desa ham bo'ladi.

24-daqiqada Alijonov to'p uchun kurashib raqib jarima maydonchasi yaqiniga yugurib ketdi, u erda esa SHomurodov va Masharipov to'pni oldirib qo'yishdi. Mezbonlar esa aynan bo'sh zona paydo bo'lgan chap qanotdan tezda qarshi hujumga o'tishdi. Abdulloh G'arib o'zini qarshi olgan Ahmedovni osongina aldab o'tdi. Buyog'iga Ashurmatov va SHukurov uni qarshi olishga urinishdi va hujumchi Al SHehriga ehtimoliy pasni yopishga harakat qilishdi. Natijada to'p qarovsiz qoldirilgan Al Farajga oshirildi. Kattagina bo'sh hududda Quvvatov qarshisiga chiqib borgan jamoa sardori darvozamizni osongina ishg'ol qildi. Alijonovni xatosini Ahmedov, SHukurov, Ashurmatov va I.Yo'ldoshev davom ettirdi. Natijada gol. Ibrohimhalil nega degan savol tug'ilishi mumkin, u himoyalanishda bitta chiziqni ushlamadi va Salmonning ehtimoliy ofsaydda qolishini yo'q qildi.


Eng muhim o'yindagi ahvol...
32-daqiqada esa arablar futbol darsliklariga kiritsa bo'ladigan to'p kiritishdi. Tayanch yarim himoyachisi Otayf o'ng qanot himoyachisi Al G'annamga diagonal pas uzatdi. G'annam SHehriga, Solih esa yana o'sha bitta teginishda Fahadga pas tashladi. Al Muvallad jarima maydonchamizda bir o'zi ochilgan Al Farajni to'p bilan taminladi. Salmon dublini rasmiylashtirdi, ikkinchi golda ham himoya chizig'imiz "uxlab qoldi".

39-daqiqada Fahad bu safar jarima maydonchamiz tashqarisidan zarba berib Quvvatov qo'riqlayotgan darvoza to'sinini nishonga oldi. 41-daqiqada SHukurov raqib jarima maydonchasida Otayfdan to'pni olib qo'ydi va bitta himoyachini aldab chap oyoqda yaqin burchakni poyladi. Afsuski, bizni o'yinga qaytarishi mumkin bo'lgan zarba noaniq ko'rinish oldi.

Birinchi bo'limda mezbonlar ikkita aniq zarba berishdi va ikkita gol urishdi, biznikilar esa birorta aniq zarba bera olishmadi. Butun o'yin davomida esa saudiyaliklar 4ta aniq zarbaning uchtasini golga aylantirishdi. Biznikilar esa 4ta aniq zarbadan birorta gol ura olishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanarkan Abramov hayratni yanada oshirdi. Dastlabki 45 daqiqalikda deyarli hech nima qilmagan tarkib o'zgarishsiz maydonga tushib keldi. Men Galiulin va Zoteev almashtirilishi, Ahmedovni markaziy himoyadan o'z joyiga o'tkazilishi va Masharipovni ham chap qanotga qaytarilishini kutgandim. Lekin, Vadim tog'a xatosini tan olgisi kelmadimi, bilmadim.

52-daqiqada Alijonov yana bir bor o'z joyini tashlab pressing qilish uchun oldinga chiqib ketdi. Tabiiyki, pressingdan chiqib ketgan G'arib to'pni Al SHehriga uzatdi. Odil Ahmedov esa hujumchini kutib olish uchun oldinga chiqdi va o'z joyini bo'sh qoldirdi. SHehri esa aynan Ahmedov bo'sh qoldirib chiqqan hududga pas tashlab Ali Al Hassanni birga bir vaziyatga chiqardi. Bu epizodda Galiulin va Ashurmatov Alijonov hamda Ahmedovlarning xatolarini yopishga ulgurishmadi. Hassan osongina qochib ketdi va o'yinga so'nggi nuqtani qo'ydi - 3:0.

Ibtido bor joyda intiho ham bo'ladi
Murabbiyimiz terma jamoadagi so'nggi qadamini tashlab bo'ldi. Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi. U bir murabbiy uchun yaratib berilishi mumkin bo'lgan sharoitlarni anchaginasiga ega bo'ldi. Xohlagan payt ichki chempionatni to'xtatib rasmiy o'yinlardan ikki hafta oldindan yig'inlar o'tkazdi. O'z murabbiylar shtabini deyarli har yig'inda o'zgartirib turdi. Tarkib borasida terma jamoaga loyiq bo'lganlarni ham, loyiq bo'lmaganlarni ham chaqirdi. Uzoq vaqt foydalanib kelgan o'yinchilaridan asosiy kurashlarda voz kechdi, aksincha ancha vaqt terma jamoada bo'lib kelganlar tarkibdan tushib qoldi. Bunaqasi ham bo'ldi. Zoteev, Galiulinlarni olib ketilishini o'zi kutilmagan holat bo'lgandi, lekin asosiy tarkibda tushishlari umuman oshib tushdi.

Saudiyadagi dastlabki ikkita bahsda yaxshi o'yin ko'rsatgan Aliboevning so'nggi uchrashuvda zaxirada qolishi, Masharipovning hujumchi ortiga qo'yilishi, Bozorov bor joyda Galiulin va Zoteevlarni vinger roliga qo'yish, yoshi o'tib borayotgan Ahmedovni himoya markaziga qo'yish, Superligada eng kuchli himoya chizig'iga ega "Paxtakor" va "Nasaf"dan bor yo'g'i ikkita himoyachining Saudiya Arabistoniga olib ketilishi, butun faoliyati davomida darvozabonlar muammosi haqida gapira turib tarkibda bo'lishga loyiq bo'lgan O'tkir Yusupovning umuman termaga taklif etilmagani (agar murabbiy buning sababini aniq tushuntirganida ortiqcha etiroz bo'lmasligi mumkin edi, balki), ketma-ket ikkitalab o'yinni yopiq eshiklar ortida o'tkazishi, terma jamoa ustozi bo'la turib "Bunyodkor"dan ajrala olmagani, tarkib borasida oxirgi pallalarda ham bir qarorga kela olmagani... Xullas, Abramov avvalgi mavqeidan asar ham qoldirmadi.

Abramovning istefoga chiqishi aniq. Lekin, vaziyat faqatgina murabbiyning lavozimidan ozod etilishi bilangina tugashi to'g'ri bo'lmasa kerak. Muvaffaqiyatsizlikda murabbiy bilan birga o'yinchilar va O'FA rahbariyati ham javob berishi lozim. Terma jamoalar bosh murabbiylari biror klubda faoliyat olib borishi mumkin emasligi elon qilindi. Lekin, nima uchun ora-orada "Bunyodkor" mashg'ulotlarida qatnashib yurgan, o'yinlarda "qaldirg'ochlar" kiyinish xonasiga kirib yurgan Abramovni vaqtida tiyib olinmadi? Bunga Ravshan Ermatov va Aziz Haydarov javob berishi lozim. "Championat.asia"da bu mavzuda bir nechta xabarlar chop etilgan. Lekin, o'sha narsalar ham etiborsiz qoldirildi.

5 iyun kuni O'FA 19 iyunda navbatdan tashqari Kongress o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Keyinchalik O'FAning o'zi ham buni tasdiqlashgandi. Demak, ikki kundan so'ng futbolimizda nimalardir o'zgarishi ehtimoli yuqori. Lavozimini tark etadiganlar qatorida Abramovning yolg'iz o'zi bo'lmasligi ham mumkin...

Muallif: Tolibjon Qosimov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 92
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 244
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 090
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar