“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:29
ЎЗO‘Z

Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida

12 iyun, 18:23 3 751 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida
Foto: O‘FA
Osiyo mintaqasida 11 iyun kuni JCH—2022 saralashining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Taniqli futbol mutaxassisi va bloger Alisher Nikimbayev so‘nggi tur oldidan guruhlardagi vaziyat va O‘zbekiston terma jamoasining holatini tahlil qildi.

So‘nggi tur oldidan to‘rtta jamoa 3-saralash bosqichi masalasini rasman hal qilishga ulgurdi: Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya.

O‘zbekiston terma jamoasi Yamanni mag‘lub etdi va 15 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Saudiya Arabistoni hisobida esa 17 ochko mavjud. So‘nggi turda Saudiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Demak, mazkur o‘yindagi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqadi va Abramov shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Agar uchrashuvda durang qayd etiladigan bo‘lsa, unda O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqishi uchun boshqa guruhlarda ikkita holat yuz berishi kerak:O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchrasa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin, biroq bunda uchta vaziyat sodir bo‘lishi kerak:Bu vaziyatda to‘plar nisbati ham muhim ahamiyatga ega. Shu sabab O‘zbekiston uchun Yaman so‘nggi turda Falastinga yutqazmagani ma’qul. Sababi, 2-o‘rin egalarining so‘nggi pog‘onadagi jamoalar bilan o‘yinidagi natijasi bekor qilinishini inobatga olsak, O‘zbekistonning Yaman bilan o‘yinlardagi to‘plar nisbati +6, Singapur bilan esa +7. Agar Yaman so‘nggi turda Falastinni yutadigan bo‘lsa, u holda Singapur so‘nggi o‘ringa tushib qoladi. Bu shuningdek, Saudiya uchun keraksiz natija bo‘ladi, sababi saudiyaliklar Yamandan 4 ochko olgan, Singapurdan esa 6 ochko.

Eng yaxshi 2-o‘rin egalari (bu yerda jamoalarning 5-o‘rindagi jamoa bilan bahslardagi natijasi olib tashlangan)
Foto: «Daryo» / Husan Sobitov

Umuman olganda Saudiya Arabistoni deyarli keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan. Yaman Falastinga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotsa bo‘lgani — Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga qarshi o‘yin natijasidan qat’i nazar keyingi bosqichga chiqadi.

Saudiya Arabistoni guruhda qolib ketishi uchun quyidagi oltita natija qayd etilishi kerak:Qayd etish kerak, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga qadar ko‘plab uchrashuvlar yakunlanadi. Katta ehtimol bilan saudiyaliklar O‘zbekiston bilan o‘yinga qadar keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan bo‘ladi.
Shu tariqa «oq bo‘rilar» hal qiluvchi bahsda motivatsiyasiz mezbonlarga qarshi kurash olib boradi.

Ma’lumot uchun, JCH—2022 saralash bosqichining 3-bosqichiga 8 ta guruh peshqadamlari va eng yaxshi 4 ta ikkinchi o‘rin egasi yo‘l oladi. Mundial mezboni Qatar terma jamoasi o‘z guruhida 1-o‘rinni egallagani bois eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalarining beshtasi yo‘llanmaga ega chiqadigan bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 56
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 73
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 150
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 567
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 160
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar