“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 16:31
ЎЗO‘Z

DXX bir million dollarga yer sotayotganlarni qo‘lga oldi

20 мая, 11:57 1 787 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX bir million dollarga yer sotayotganlarni qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro mazkur tumanning Salar shaharchasi hududidagi 2 gektar yer maydonini 1 mln. 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, mazkur yer maydoni 2018 yil Qibray tumani hokimining tegishli qarori bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun Toshkent shahrida yashovchi, 1963 y.t. fuqaroga ajratib berilgan bo‘lib, lekin, bugunga qadar ushbu manzilda hech qanday amaliy ish qilinmagan. Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi, muqaddam hokimiyat tizimida ishlagan ikki nafar fuqaro qurilish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarining ishonchiga kirib, unga mazkur tuman hududida qo‘p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 19 sotix yer maydonini hokimiyatdagi mansabdor tanishlari orqali olib berishni aytib, evaziga 38 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ushlandi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimligining qurilish majmuasi sobiq xodimi, Termiz shahrida yashovchi ayol Bandixon tumanida joylashgan o‘zining nomidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat balansida bo‘lgan 2 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu yer maydoni 2020 yil viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning yig‘ilish bayoni asosida issiqxona qurish maqsadida bepul ajratilgan, biroq, hozirga qadar hech qanday amaliy ish qilinmagan.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi shaxs 148 ming AQSH dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali Yangihayot tumani hududidan 14 sotix yer maydonini tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib, olib berishni va’da qiladi.

DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 20 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Mavzuga oid yangiliklar
  • DXX yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi 28 apr, 15:31
  • DXX joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslarni ushladi 19 mar, 15:18
  • DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi 18 fev, 13:00
  • DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi 27 yanv, 13:00
  • Namangan va Qashqadaryoda firibgarlar ushlandi 22 iyun, 18:30
  • Qalbaki hujjat tayyorlagan fuqaro qo‘lga olindi 08 dek, 11:48
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda hokim yordamchilariga qancha maosh berilishi ma’lum bo‘ldi 04 dek, 16:12 0
  • "Roma"ning "Inter"ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum. Shomurodov bugun maydonga tushadimi? 04 dek, 15:52 19
  • Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi! 04 dek, 15:26 72
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 96
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 131
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 243
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 193
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 231
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 225
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 220
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 243
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 287
  • Bo‘limlar