“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:13
ЎЗO‘Z

Andijonda 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

16 мая, 20:23 4 488 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatida 5 oylik kelinchak besh kishi tomonidan zo‘rlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Unda kelin dala shiyponida idishlarni yuvish uchun chiqqanda, uni ko‘rgan 5 nafar spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkaklar majburlab shiyponga olib kirib, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, zo‘rlagani aytilgan. Kelinning yaqinlari uni zo‘rlagan erkaklarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 may kuni fuqaro O.O. 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, «Qoraqalpoq» MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar S.A. va O.M. unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.

Foto: Videodan kadr
Holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tarqalgan xabarlarga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo‘lim katta muharriri, Telegram’dagi «Mikrofon ko‘targan ayol» kanali blogeri Aziza Qurbonova munosabat bildirdi.
«Biz egallamagan faqat bitta reyting qoldi: zo‘rlash bo‘yicha yuqori reyting. RAPЕ (ikkinchi tomonning roziligisiz jinsiy zo‘rlik) bo‘yicha jahon reytinglarida hozircha nomimiz yo‘qligiga sabab, shunchaki qurbonlar jim edi. Qurbonlar jim — raqamlar yo‘q — raqamlar yo‘q — reytinglar ham yo‘q. Endi o‘zbek ayollar jamiyati oz-moz (juda oz) tilga kira boshladi. Ayollar gapira boshladi. Qurbonlar gapiryapti — raqamlar bor — jazolar yo‘q — tez orada reytinglar ham uyg‘onib qoladi! Rahmat sizga, aziz va sevikli erkaklar jamiyati!», — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar