“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:35
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi hayoti bilan tanishdi

15 мая, 10:00 1 773 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi hayoti bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi hayoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha chora-tadbirlar mahallalar kesimida amalga oshirilishini ta’kidlagan edi. Mutasaddilarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganish, «o‘sish nuqtalari»ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan.

«Tepaqo‘rg‘on» mahallasi ham shu tarzda obod qilingan. Bu yerda 30 ta ko‘p qavatli uy bor, 6 ming 150 aholi yashaydi. Ikkita 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyat yuritmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mahalladagi yo‘laklar, daraxtzorlar obod qilingan. Bolalar o‘yingohlari tashkil etilib, sport qurilmalari o‘rnatilgan.
40 ta kichik biznes sub’ektida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda. Yaqinda bu yerda yana bir ishlab chiqarish korxonasi — Euroasia print bosmaxonasi qurib bitkazildi. Unda 60 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu yerda Toshkent shahrida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalari taqdimoti o‘tkazildi.
Mahalla ahli bilan suhbatda nuroniylar Ramazon oyi ro‘zasini shukronalik bilan tutganini, O‘zbekistonga tinchlik-farovonlik so‘rab, duolar qilganini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Mana shu shukronalikni, insof sari baraka ekanini xalqimizga, yoshlarimizga yetkazish kerak. O‘z mahallangizda ko‘rib turibsizlar. Mana, intilsa, qilsa bo‘lar ekan-ku. Bunday o‘zgarishlarning eng katta zamini — yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik.
Buning qadriga yetib, har bir mahallani mana shunday chiroyli, tartibli qilishimiz zarur. Balandparvoz gapsiz, mehnatimiz bilan xalqimizni rozi qilishimiz kerak
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari xorijiy tillarni o‘rgatish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar