“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 11:46
ЎЗO‘Z

Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi

14 мая, 13:29 2 947 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid aniqlandi
Qorako‘l tumanida ilk arxitektura yodgorligi – madaniy meros ob’ekti aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumanidagi “Sho‘rabot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining murojaatiga asosan mahalla hududida joylashgan qadimgi masjid binosi Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganildi.

Masjid binosi XIX asrning ikkinchi yarmida, ya’ni 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan bo‘lib, uch asrlik tarixga ega. Masjid yog‘och konstruksiyali bo‘lib, kvadrat shaklli bir ustunli, o‘ymakori to‘sin va vassa yopilgan. Ustun, to‘sin va “bog‘dodi” eshiklari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi shaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning o‘rnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud. 

Bildirilishicha, hozirgi kunda ushbu masjidda qishloq kutubxonasi (Qorako‘l tumani kutubxonasi filiali) joylashgan.

Shuningdek, Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi Badiiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i tomonidan mahalla raisi, qishloq oqsoqoli, “Qadimgi Poykent shahri tarixi” muzeyi direktori ishtirokida ilmiy o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Natijada, masjid ustuniga o‘yib yozilgan tarixiy yozuv, arab alifbosi asosidagi fors tilida nastalih xatidagi yozuv ekani va u quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi: 
fors tilida “In masjidro bino kard Ro‘ziboy ibn G‘aybulloboy 1304” ya’ni, “Bu masjid G‘aybulloboy o‘g‘li Ro‘ziboy tomonidan hijriy 1304 yilda qurdirilgan” degan so‘zlar yozilgan. 


Ushbu yozuvlar asosida xulosa qilib aytganda, mazkur masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 115
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 81
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 118
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 159
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 236
  • Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video) 07 apr, 22:14 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 0
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 0
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 15
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 26
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 44
  • Netanyahu Eronga javob uchun nishonlar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi 16 apr, 08:18 76
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 25
  • Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi 16 apr, 06:47 72
  • Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi 16 apr, 00:23 255
  • Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti” 15 apr, 23:59 123
  • Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi 15 apr, 23:13 159
  • Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi 15 apr, 22:50 208
  • Bo‘limlar