“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 15:19
ЎЗO‘Z

Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida

13 мая, 15:30 2 485 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida
Sports.uz o‘zbek futbolidagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri - Ibrohim Halil Yo‘ldoshev bilan suhbat uyushtirdi.
- «Bunyodkor» sizni kashf etdi, lekin «Paxtakor» sizni qaytarib oldi. «Qaldirg‘ochlar»ni tashlab ketish qiyin bo‘lmadimi?
- Qiyin bo‘lmadi, ammo menga berilgan imkoniyat uchun Vadim Karlenovichdan minnatdorman. Jamoaga kelishim bilan ikki kundan so‘ng asosiy tarkibda maydonga tashlagandi.

- «Paxtakor» safida «Nasaf»ga qarshi o‘yinda sizni zaxiradan maydonga tushishingiz voqealarni o‘zgartirib yubordi. Aytingchi, natijaga ta’sir ko‘rsataman deb o‘ylaganmidingiz?
- Ochig‘i, kutmagan edim. Boz ustiga, zaxiradan tushib o‘yinni o‘zgartirish haqida o‘ylagan bo‘lsam ham, lekin g‘alaba qozonish haqida o‘ylamagandim. Yaratganni irodasi bo‘ldi.

- Asl pozitsiyangiz himoyachi yoki hujumchi?
- Men himoyachi emasman. Hujumda to‘p surish ko‘proq yoqadi. Shunday bo‘lsada, murabbiylar ko‘rsatmasidan kelib chiqib orqa chiziqda to‘p surishim mumkin.

- Siz Shota Arveladze bilan birgalikda ishlagansiz. Endi Piter Xyuistra qo‘l ostida faoliyat olib boryapsiz. Ularning o‘yin uslubi bir xilmi?
- Tashqaridan bir xildek ko‘rinishi mumkin, ammo o‘yin qurishda farq katta. Futbolchi sifatida aytishim mumkin, ular talab qiladigan narsalar bir-birini qaytarmaydi. Xyuistrani o‘z strategiyasi bor deb hisoblayman.

- Klub bilan MTJ sharafini himoya qilishning qanday farqi bor?
- Farqi katta. Klub o‘z yo‘liga. Terma jamoa libosida siz vatan sha’nini himoya qilishingiz kerak. Klubdagi yutuq jamoaniki. Agar, terma jamoada g‘alaba qozonsangiz, butun xalq xursand bo‘ladi. Mag‘lubiyatlar ham shunday. MTJdagi omadsizlikni hamma yuragiga yaqin oladi. Mas’uliyat katta.

-Bizda «iqtidorli bolalar qishloqlarda qolib ketyapti»,- degan atama bor. Xo‘sh, iqtidorli bolalar o‘zi istasa sizga o‘xshab «yorib chiqishi» mumkinmi? Yoki bunga omad kerakmi?
- Hozir Toshkentdagi katta jamoalarning barchasida viloyatdan kelgan yosh futbolchilar shug‘ullanmoqda. O‘ylashimcha, iqtidorli bo‘lsangiz kifoya. Omad shart emas. Barchasini yengib o‘tish uchun mehnat qilish kerak. O‘z ustida tinimsiz ishlagan futbolchilar bir kun yuzaga chiqadi.

- Siz ham Xojimat Erkinov singari Eldor Shomurodovning agenti bilan shartnoma imzolaganingiz haqida mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalar haqiqatga yaqin?
- Keling, shu sir bo‘lib qolsin. Hozirdan biror narsa demoqchi emasman. Vaqti kelganida muxlislar, albatta, bilib olishadi.

- Kelajakdagi rejalar qanday? Xorijga yo‘l olish rejangizda bormi?
- Albatta, bor. Nasib qilsa, chet klublarda to‘p surib mahoratimni yanada oshirmoqchiman. Imkon boricha O‘zbekistonda qolmaslikka harakat qilaman. Asosiy maqsadim ham shu. O‘sishni istagan futbolchi, albatta, legioner bo‘lishi kerak. Ana shunda, yangi darajaga ko‘tarilish mumkin.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 0
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 364
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 54
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 61
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 536
  • So'nggi yangiliklar
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 0
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 0
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 1
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 180
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 35
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 86
  • Bo‘limlar