“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 05:34
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi

12 мая, 22:44 1 911 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar mahkumni afv etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 100 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 43 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 10 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 44 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosiningmuddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarolari, 4 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 6 nafarini ayol hamda 52 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarnioilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 108
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 179
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 98
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 90
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 56
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Bo‘limlar