“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:45
ЎЗO‘Z

Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma’lum qilindi

11 мая, 21:53 3 714 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma’lum qilindi
Shvetsiyaning Svenska Dagbladet gazetasi ilmiy tavsiyalar asosida miya qarishini sekinlashtirishning yetti usulini ma’lum qildi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, miya qarishiga nafaqat irsiyat, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Olimlar birinchi navbatda ko‘proq harakat qilishga chaqirishmoqda. Qayd etilishicha, jismoniy faollik miya uchun foydali.

Miya umrini uzaytirish uchun sog‘lom uyqu ham lozim. Tavsiya etilishicha, sutkasiga yetti soatdan kam uxlamaslik kerak. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kam uxlash 50–60 yoshlilarda miya qarishi xavfini oshiradi.

Shuningdek, yaxshi ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi. Karolina instituti professori May-Lis Helennius sabzavot, mevalar, ko‘kat, dukkaklilar, yong‘oq, sitrus, zaytun moyi va baliqni ko‘p iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bundan tashqari, mutaxassislar ortiqcha vazndan qutulishni maslahat berishgan.

Shuningdek, ichak mikroflorasi to‘g‘risida ham qayg‘urish darkor. Nashrning yozishicha, miya va qorin bo‘shlig‘i orasida doimiy aloqa mavjud. Aniqlik kiritilishicha, ruhiy sog‘lom bo‘lish uchun zarur bo‘lgan serotonin gormonining 90 foizi ichakda va o‘n foizi miyada ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, oila a’zolari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish muhim hisoblanadi, chunki miya sog‘lomligiga oiladagi yaxshi muhit ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Olimlar, shuningdek, butun umr davomida yangi narsalarni o‘rganishga intilish kerakligini ta’kidlashgan, chunki bu miyada yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 21
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 844
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar