“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:02
ЎЗO‘Z

Xitoy eltuvchi raketasining bo‘laklari Hind okeaniga quladi (video)

09 мая, 22:44 2 864 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy eltuvchi raketasining bo‘laklari Hind okeaniga quladi (video)
Raketaning 2021 yil, apreldagi uchirilishi
Aprel oyida Xitoyning bo‘lg‘usi kosmik stansiyasining asosiy modulini Yerga yaqin orbitaga olib chiqqan «Katta marsh-5» (Long March 5b, «Chanjchen-5») eltuvchi raketasi pog‘onasining bo‘laklari Hind okeaniga qulab tushdi, deb yozadi «RBK» Xitoy boshqariluvchi kosmik texnika boshqarmasiga tayanib.

Bo‘laklar Toshkent vaqti bilan soat 07:24 da Yer atmosferasiga kirgan. Boshqarma taqdim etgan koordinatalarga muvofiq, ular Hind okeanining Maldiv orollari yaqinidagi qismiga borib tushgan. Bo‘laklarning katta qismi Yer atmosferasiga kirishda yonib ketgan.

«Tyanxe» bazaviy moduli («Osmon garmoniyasi») raketasi Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:23 da (Toshkent vaqti bilan soat 08:23 da) uchirilgan edi.

G‘arb kosmik agentliklari raketaning qariyb 18 tonnalik ikkinchi pog‘onasi orbitadan nazoratsiz tarzda tushayotgani va bo‘laklar aholi yashaydigan hududlarga tushishi mumkinligi haqida xulosaga keldi. «Shunisi aniqki, Xitoy bo‘laklarning qulashi bilan bog‘liq mas’uliyat standartlariga rioya qilmaydi», — degan edi NASA vakili. Xitoy, o‘z navbatida, vaziyat shtat doirasida ekanini ta’kidladi.

Ikkinchi pog‘onaning tushishini NASA, AQSH Qurolli Kuchlari Koinot qo‘mondonligi, «Roskosmos» va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi boshqa shunga o‘xshash tuzilmalar kuzatib bordi.

Xitoy kosmik stansiyasining bazaviy moduli kelajakda kosmonavtlar olti oygacha yashashi mumkin bo‘lgan kosmik stansiyaning bir qismi hisoblanadi. Stansiyaning qolgan qismlarini o‘rnatish uchun yana 10 ta mana shunday parvoz talab etiladi. Orbitaga ikkita laboratoriya moduli, to‘rtta yuk tashuvchi va taykonavtlar bilan boshqariladigan to‘rtta kema yuboriladi. Uchuvchisiz bo‘lgan birinchi parvozni iyun oyida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Agar missiya muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Xitoy kosmik stansiyasi Xalqaro kosmik stansiya va «Tinchlik» stansiyasidan keyin dunyodagi uchinchi ko‘p modulli stansiyaga aylanadi.

Ma’lumot uchun: Raketa pog‘onasi — mexanik tarzda birlashtirilgan bir nechta raketadan iborat ko‘p pog‘onali raketaning bir qismi. Pog‘onalar parvoz chog‘ida ajralib chiqadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda raketa bo‘laklarining qulashi aks etgan videolar paydo bo‘ldi.

Chinese Rocket while crossing the skies of #Oman #ChineseRocket #LongMarch5B pic.twitter.com/g8OAMlq8lE

— ????? (@0_F_0) May 9, 2021

Chinese Rocket while crossing the sky from the Al-Jawf region in northern Saudi Arabia #ChineseRocket #LongMarch5B pic.twitter.com/9uouJF6Sbo

— ????? (@0_F_0) May 9, 2021

Chinese Rocket seen over Jordan
5:11am | May 9, 2021#LongMarch5 #ChineseRocket pic.twitter.com/qjLNERm08q

— Walid (@walidbarahmeh) May 9, 2021




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar