“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi

08 мая, 17:17 3 714 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi
«Uzbekistan Airways» AJ respublikamiz bo‘ylab qatnovlarni tiklashni boshladi va chiptalar narxlari ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, eng ommabop yo‘nalishlar – Toshkentdan Urganchga va Toshkentdan Nukusga amalga oshirilgan parvozlar hisoblanadi.

Hozirgi kunda Toshkentdan Urganchga hamda Toshkentdan Nukusga aviachipta narxi 417 000 so‘mdan boshlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar har kuni bajariladi. Istiqbolda Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qatnovlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Aviakompaniya Toshkentdan Termiz, Buxoro, Samarqandga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi va 14 maydan boshlab esa Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar tiklanadi. Ushbu yo‘nalishlardagi aviachiptalar narxi:Shuningdek, aviakompaniya qatnovlar jadvaliga Samarqanddan respublikamizning boshqa viloyatlariga ham maqbul narxlarda qatnovlar kiritiladi.

Farg‘ona viloyatidan Toshkent-Farg‘ona, Toshkent-Namangan yo‘nalishlariga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi. Ba’zi sabablarga ko‘ra bundan bir necha yil oldin to‘xtatib qo‘yilgan Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi havo qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona vodiysi shaharlariga aviachipta narxi har bir shahar uchun bir xil – Toshkentdan Farg‘ona, Namangan va Andijonga aviachipta narxi – 127 000 so‘mdan.

Aviakompaniya tomonidan Termizni Farg‘ona bilan bog‘lovchi yangi qatnov yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalish jadvali har ikkala shahar yo‘lovchilari uchun ham maksimal darajada qulay tuzilgan – Termizdan Farg‘onaga qatnov dushanba kunlari, Farg‘onadan Termizga esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Samarqand shahrida ikkinchi xab tashkil etilgan. Bugungi kunda Samarqanddan muntazam ravishda Toshkent qatnovidan tashqari, uchta shahar – Farg‘ona, Namangan va Urganchga ham mahalliy aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Aviachiptalar narxi maqbul va har uchchala yo‘nalishda ham bir xil – 190 000 so‘mdan boshlanadi. Bu o‘z navbatida aholi mobil darajasi ortishi va yurtimizda ichki turizmni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aviaqatnovlar quyidagi kunlarda amalga oshiriladi:Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysi va Urganch shaharlari o‘rtasida Samarqand aeroporti orqali yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish uchun qulay tranzit qatnovlar mavjud. Shu bilan birga, Samarqandga borish va qaytish parvozlari respublika shaharlaridan Istanbulga amalga oshiriluvchi qatnovlar bilan qulay tarzda bog‘langandir. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasi shaharlari bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangandan so‘ng, Moskva va Sankt-Peterburgga ham qulay qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 139
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 123
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 162
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 0
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Bo‘limlar