“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:07
ЎЗO‘Z

Bugun kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi

08 мая, 13:36 2 192 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi
Foto: Shutterstock
2022 yil uchun 2020 yil kuzida o‘ynalgan grin-karta lotereyasi natijalari 2021 yil 8 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da e’lon qilinadi.

Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC rasmiy saytidan bilish mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini va tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.

Shundan keyin ochilgan sahifada «Siz ‘Turli millat vakillari uchun immigratsiyaviy viza dasturi’ (Diversity Immigrant Visa Program) uchun tasodifiy tanlab olindingiz», degan yozuv chiqsa, demak, bu grin-karta yutib olinganini bildiradi.

Agar javob tekshirilganda bosh harflar bilan «… HAS NOT BEEN SELECTED» – «Siz tanlab olinmadingiz» degan yozuv chiqsa, keyingi safar urinib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Lekin grin-karta yutganlarda ham AQSHga ketish imkoni 100 foiz degani emas. Bu javoblar e’lon qilingach, tanlab olinganlarning o‘zlariga oldindan ma’lum qilinadi. «Tanlab olinganingiz AQSHga kelish uchun viza olishingizni kafolatlamaydi. Sababi tanlab olinadiganlar viza beriladiganlar soniga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘rsatmalarga amal qilish viza olish imkoningizni oshiradi», deyiladi ogohlantirishda.

G‘oliblar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, AQSHda doimiy yashash, qonuniy ishlash va 5 yildan so‘ng AQSH fuqaroligini olish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Grin-karta egalari saylovda ovoz berishdan tashqari, AQSH fuqarolariga berilgan aksariyat huquqlardan foydalana oladi.

Har yili AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan davlatlar fuqarolariga immigratsion viza uchun lotereya o‘ynaladi. Dastur asosida yiliga 55 ming nafargacha xorij fuqarosi AQSH rezidenti maqomini oladi.

2017 yilda grin-karta uchun O‘zbekiston fuqarolaridan 1,8 million, 2018 yilda 1,7 million, 2019 yilda esa 466 480ta ariza kelib tushgan.

Lotereyada g‘olib deb topilganlarga kelsak, 2016 yil may oyida 4 501 nafar, 2017 yil mayida 4 494 nafar o‘zbekistonlikka yutuq chiqqan. Ammo g‘oliblarning barchasiga ham grin-karta nasib etavermaydi. 2017 yilda 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda 823 nafar O‘zbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQSHda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan.

Eslatma: Bugun kechki payt javoblar e’lon qilingach, juda ko‘p odam yakuniy javobni tekshirishi sababli dvprogram.state.gov sayti ishlashi sekinlashishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar