“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:11
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko‘p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug‘i kerak"

05 мая, 21:03 2 608 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko‘p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug‘i kerak"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Qo‘qon-1912" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Avvalambor, Qo‘qondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga va rahbariyatimizga rahmat aytaman. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi va yigitlar mas’uliyatni his qilgan holda maydonga tushishdi. G‘alaba qozonish maqsadida ikkita hujumchi bilan o‘ynadik, bu o‘zini oqladi. Biz o‘ylagan taktik uslub o‘zini oqlamadi deb o‘ylayman, chunki darvozamizga yaqin hududda himoyalana boshladik va bundan "Andijon" jamoasi unumli foydalanib, birinchi javob golini urdi. Penaltidan gol urilganida, hisob tenglashishi ham mumkin edi. "Andijon" yutqazganiga qaramasdan, bugun munosib o‘yin ko‘rsatdi. Muxlislar o‘z futbolchilaridan xafa bo‘lishmasin, penaltidan urilmagan gol ham futbolda uchrab turadigan holat. Keyingi o‘yinlarda ularga omad tilayman va muxlislar xursand bo‘lishlarini tilayman.

- "Qo‘qon-1912" 3-4 yildan beri yaxshi natijalar qayd etib kelyapti. Bunga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz?
- O‘tgan yildan beri desak to‘g‘ri bo‘ladi. Undan oldin jamoa asosan, Superligada qolish uchun kurashgan edi. Biz futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota oldik. To‘g‘ri, bizni tarkibimizda AGMK, "Navbahor", "Paxtakor" kabi jamoalardagidek yaratuvchi futbolchilar kamdir, masalan, o‘tgan yili Quvondiq Ro‘ziyev orqali hujum uyushtirar edik. Hozir esa jangovarlik evaziga oxirigacha kurash olib boryapmiz.

- Sardor Azimov "Andijon" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uni asosiy tarkibda tushirishda qandaydir muammoga duch kelmadingizmi, chunki o‘z sobiq jamoasi edi.
- E’tibor bergan bo‘lsangiz, Sardor Azimov oxirgi o‘yinlarda zaxirada qoldirilgan edi. Bugun asosiy tarkibda tushirdim. Andijonlik futbolchilardan Bekmurodov, Azimov o‘z shaharlarida bemalol va yaxshi o‘yin namoyish etishlarini kutgandim, bu o‘zini oqladi.

- "Andijon"dan qanday o‘yin kutgan edingiz? Oxirgi paytlarda jamoada murabbiy masalasida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lyapti...
- Afsuski, murabbiylarning taqdiri shunaqa. 2-3 o‘yin yutmasangiz, darrov, ishdan olishni o‘ylashadi. G‘ulomxo‘jayev qiyin vaziyatda "Andijon"ni Superligada olib qolgan edi. Xohlagandimki, unga imkoniyat berilganida, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin edi. Jamoa kombinatsion o‘yin ko‘rsatishga, to‘pni o‘zida saqlashga urinyapti.

- "Qo‘qon-1912"ning Kubok bahslaridagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab nimada?
- Bizning guruh bir-biriga munosib jamoalar o‘rin olgan murakkab guruh edi. Biz hali o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishmasdan turib keyingi o‘yinlarni o‘yladik. Afsuski, futbolda shunaqaki, ko‘p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug‘i kerak. Biz "Metallurg"ga qarshi o‘yinda rotatsiyaga qo‘l urdik, bu bizga qimmatga tushdi.

- Muzaffar Abdullayevning jarohati qay darajada?
- Afsuski, uni shifoxonoga olib ketishdi. Biz jarohat jiddiy emasligidan umidvormiz va Xudodan sog‘liq so‘raymiz. U o‘z sog‘lig‘ini o‘rtaga qo‘yib, jamoamizni goldan saqlab qoldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 217
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 387
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 203
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 278
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 211
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar