“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 12:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda aprel oyi uchun inflyatsiya darajasi e’lon qilindi

01 мая, 16:00 2 472 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda aprel oyi uchun inflyatsiya darajasi e’lon qilindi
2021 yil aprelida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yil boshidan narxlar o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 1,0 foizga teng bo‘ldi. Yillik nisbatda iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘sish sur’ati 10,7 foizga yetdi.

2020 yil aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlashgan. 2020 yilning yanvar-aprelida umumiy INI o‘sish darajasi 4,5 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi 1,1 foizni tashkil etgan. 2020 yil aprelda yillik umumiy INI 14,5 foizga yetgan.

2021 yilning aprel oyida qisqa muddatli umumiy INI o‘tgan yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,6 foiz bandga baland bo‘ldi.

2021 yil aprel oyidagi yillik nisbatdagi umumiy INI (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) 2020 yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,8 foiz bandga va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,0 foiz bandga past bo‘ldi. 2021 yil yanvar-apreldagi ko‘rsatkich (o‘tgan yilning dekabriga nisbatan) o‘tgan yilning yanvar-aprelidagi mos ko‘rsatkichdan 0,4 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2021 yilning yanvar-aprelida oziq-ovqat mahsulotlari 6,2 foizga qimmatlashib, 2020 yil mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,5 foiz bandga va 2019 yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 foizga qimmatlashib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichidan 0,3 foiz bandga va 2019- yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,8 foiz bandga past bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 39
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 203
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 64
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • Yaqin kunlarda valyutalar kursi qanday o‘zgaradi? 09 apr, 18:39 187
  • Oliy sud: Kredit qarzi foizlarini undirish tartibi o‘zgardi 09 apr, 15:44 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 0
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 36
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 68
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 85
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 140
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 176
  • Netanyahu Eronga javob uchun nishonlar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi 16 apr, 08:18 110
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 39
  • Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi 16 apr, 06:47 90
  • Bo‘limlar