“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:56
ЎЗO‘Z

DXX yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi

28 apr, 15:31 2 265 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi aka-uka o‘zganing pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirmoqchi bo‘lishadi.

Buning uchun ular otasining yashash xonadoni yonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 28 sotix yerni ularga vaqtincha foydalanishga qoldirilganligidan foydalanib, ushbu yer maydonini hamda uning yonidagi tuman hokimligi ixtiyorida bo‘lgan 14 sotix yerni, jami 42 sotix yer maydonini 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lishadi.

Ular so‘ralgan puldan avans sifatida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi fuqaro o‘zi vaqtinchalik foydalanib kelgan mahalliy tadbirkor nomidagi 1,75 gektar baliqchilik xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonini uning egasini xabardor qilmasdan, boshqa bir fuqaroga 47 mln. so‘mga sotishni rejalashtiradi.

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar shaxs so‘ralgan puldan 35 mln. so‘mni olgan vaqtida ushlandi.
 
DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon shahrida yashovchi fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani xokimligidagi mansabdor tanishlari orqali chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun adirlik yerlardan ajratib berilishini aytib, evaziga 15 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablag‘ini Andijon tumani xokimligida ishlovchi tanishiga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham 15 mln. so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, xokimlik vakili bo‘lgan mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun joriy yilning yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudi tomonidan unga nisbatan oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 1 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
 
DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumanida yashovchi fuqaro dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 2008 yil tuman hokimi qarori bilan uning onasi nomiga ajratib berilgan 33 sotix yer maydonini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmasada 40 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 
Qashqadaryoda kuzatilgan yana bir holatda esa Nishon tumani “Yer resurslari va davlat kadastri” mutaxassisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga baliqchilik xo‘jaligi tashkil qilishi uchun 8 gektar yer ajratilishida va bu borada tuman xokimining tegishli qarori chiqarilishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga undan 1000 AQSH dollari talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida kadastr xodimi 900 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
DXX matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 37
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 224
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar