“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

Bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilarini emlash boshlandi

28 apr, 11:23 1 725 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilarini emlash boshlandi
Toshkent shahrida 27 apreldan bog‘cha xodimlari va maktab o‘qituvchilarini ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Egamberdiyev ma’lum qildi.

«Toshkent shahridagi 83 ta emlash punktida bugungi kunga qadar 37 ming 763 nafar 65 yoshdan yuqori hamda tibbiyot xodimlari emlandi. Ulardan 18 ming 980 nafari 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar, 18 ming 883 nafari esa tibbiyot xodimlarini tashkil etgan. Bugun, 27 apreldan boshlab Toshkent shahri bo‘yicha xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan nafaqat 65 yoshdan yuqori va tibbiyot xodimlari, balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari hamda surunkali kasalligi bo‘lgan boshqa fuqarolarni ham emlash boshlandi», – deydi Ulug‘bek Egamberdiyev.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, 28 apreldan poytaxt aholisining 65 yoshdan oshgan qatlamini O‘zbekistonga olib kelingan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash boshlanadi. Emlash bepul amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1 apreldan 65 yoshdan katta shaxslar va tibbiyot xodimlarini koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash jarayoni boshlangan edi. 26 aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 565 mingdan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi emlangan. Iyun oyi oxirigacha 4 millionga yaqin, yil oxirigacha 7 million aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar