“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:32
ЎЗO‘Z

«UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda

23 apr, 15:11 2 111 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda
22 aprel kuni «UzAuto Motors» AJ jahon moliya bozori ishtirokchilariga 300 mln AQSH dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari chiqarilishini va investorlar bilan telekonferensiyalar o‘tkazilishini e’lon qildi. Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, jarayon O‘zbekiston Moliya vazirligi yordamida amalga oshiriladi.

Savdolarni bank-anderrayterlar Citi (AQSH), MUFG (Yaponiya), Natiksis (Fransiya) va Raiffeisen Bank Internationl (Avstriya) kabi xalqaro miqyosdagi yetakchi banklar tashkillashtiradi.

Kompaniyaga ko‘ra, «UzAuto Motors»AJ xalqaro obligatsiyalarni chiqarish maqsadida «S&P» va «Fitch» xalqaro reyting agentliklaridan «B+» (barqaror kutilma bilan) bahosiga ega bo‘ldi.

«Joriy yilning 22-27 aprel kunlari xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazish va «yakkama-yakka» (one-on-one) formatida telekonferensiyalar davom etishi rejalashtirilgan hamda mazkur tadbirlarda bir qator davlatlar xalqaro investorlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro investorlar qiziqishlari va moliya bozorlarining holatidan kelib chiqib, keyingi kunlarda buyurtmalar kitobi ochilishi va xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkasi belgilanishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, 2018-2020 yillarda Moliya vazirligi, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB, «O‘zmilliybank» AJ va «Ipoteka bank» ATIB tomonidan xalqaro obligatsiyalar chiqarilib, 2,65 mlrd AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar xorijiy investorlardan jalb qilingan.

Mazkur tranzaksiya O‘zbekiston korporativ emitentlari orasida chiqarilayotgan birinchi xalqaro obligatsiya hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 52
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar