“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi

19 apr, 08:20 3 543 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi
17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonda 18 apreldan koronavirus tufayli joriy etilgan karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqida ma’lum qildi.

Nazorat kuchaytirilishi
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish tadbirlari nazoratini kuchaytiradi va qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlaydi. Karantin qoidasini buzganlar qat’iy javobgarlikka tortiladi, jarimalar qo‘llanadi.

Jamoat transporti
Vokzal va aeroportlarda karantin talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Transport vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati jamoat transportlari tizimini 50 foiz miqdorida yo‘lovchilar tashilishini va shu maqsadda yo‘nalishli transport vositalari sonini oshirish hamda oxirgi bekatda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Temir yo‘l vokzallari, aeroportlarda karantin qoidalariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini ta’minlaydi.

Ta’lim muassasalari
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan birgalikda koronavirus aniqlangan har bir maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarining faoliyatini ikki haftaga to‘xtatish hamda o‘qish ikki hafta onlayn rejimida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Jamoat joylari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha tashkilot, korxona va muassasalar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalar kirish qismida niqobda bo‘lish, tana haroratini o‘lchash, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish amaliyotiga rioya etilishini qat’iy ta’minlashi lozim bo‘ladi. Karantin qoidalariga rioya etmagan muassasalar faoliyati vaqtincha yopilishi mumkin.

Ovqatlanish joylari
Kafe va boshqa umumiy ovqatlanish ob’ektlarida ularning sig‘imini 50 foizdan ortiq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritishi lozim, lekin maksimal soni 100 kishidan ortishi kerak emas.

Tomosha tadbirlari
Karantin nazorati konsertlar va boshqa ko‘ngilochar tomosha tadbirlari bo‘yicha ham kuchaytiriladi. 1 maydan konsert-tomoshalarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.

To‘ylar va iftorliklar
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi to‘y va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq bo‘lmaslik, iftorlik marosimlarini faqat oila davrasida o‘tkazish, masjidlarda jamoat namozlari, xususan, Ramazon oyi munosabati bilan tarovih namozlarini masjidlarning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda bo‘lish hamda oraliq masofani saqlagan holda tashkil etishni ta’minlaydi.

Uydagi karantin
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, mahalla idoralari bilan birgalikda uy sharoitlarida davolanayotgan bemorlarning xonadonlarida karantin qoidalariga amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 13
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 234
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 75
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar