“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 11:10
ЎЗO‘Z

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

19 apr, 00:01 2 248 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
Ko‘pgina yoshlar imtihonlar vaqtida stress va xavotirga beriluvchan bo‘lib qoladi. Ammo buni bir nechta amaliy harakatlar bilan oldin olish, umuman imtihonlar davomida xotirjamlikka erishish va natijada muvaffaqiyat qozonish mumkin. Ec.yeuropa.eu sayti bu borada tavsiyaviy maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Nimaga aloqadorligini tushuning
Imtihon avvalida, uning formatini tushunganingizga ishonch hosil qiling – masalan, u qanday mavzularni qamrab olgan.
Imtihon qancha davom etadi?
Savollarga qanday javob berish kerak?
Bu borada oldindan o‘qituvchilaringizdan maslahat so‘rang.

2. Oldindan rejalashtirish
O‘zingizga kerak bo‘lgan har qanday kitob yoki yozuvlarni qayta ko‘rib chiqish va ma’lum nusxalarini olish uchun o‘zingizga yetarlicha vaqt ajrating. Qayta ko‘rib chiqishingiz va uni qachon amalga oshirishni rejalashtiring.

3. Amaliyot mukammal qiladi
Repetitorlaringizdan oldingi imtihon ishlarini so‘rang va ularga javob berishni mashq qiling. Bu sizga katta amaliy tajriba bilan bir qatorda, imtihon texnikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

4. Faol o‘quvchi bo‘ling
Agar siz kitoblar yoki qayd sahifalaringizni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, undagi aksariyat ma’lumotlarni unutib qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun, o‘qiyotganingizda qisqa yozuvlar yozishga yoki asosiy fikrlarni ta’kidlashga harakat qiling. Bu sizga ma’lumotlarni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, yaqin insonlaringizdan sizni sinovdan o‘tkazishini so‘rang yoki boshqalarga sinov sifatida mavzu bo‘yicha ma’ruza qilib bering.

5. Dam oling!
Agar siz juda ko‘p o‘qiyotgan bo‘lsangiz toliqishingiz turgan gap. Buning oldini olish uchun tanaffus qilish va hordiq chiqarishga vaqt ajrating. Vaqti-vaqti bilan uxlab olish samaralidir.
E’tibor bering, agar xotirjam bo‘lsangiz, aniqroq fikr qila olasiz. Shuningdek, yoga va meditatsiya ham ajoyib dam olish texnikasi bo‘la oladi.

6. Sog‘lom bo‘ling
Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning va to‘yimli ovqat iste’mol qiling – bu sport formasida qolish va miya quvvatini oshirish uchun ajoyib usuldir. Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish ham mo‘’jizalar yaratishga ilhom bag‘ishlashi mumkin.

7. O‘zingizga motivatsiya bering
Ko‘p hollarda imtihon oldi, hatto xonangizni changyutgich bilan tozalash ham o‘qishdan ko‘ra hayajonli ko‘rinadi! Shu boisdan jarayonni yengillashtirish uchun har bir rejalashtirilgan ishlarni bajarganingizdan keyin o‘zingizga turli ko‘rinishlarda motivatsiya bering.

8. Qiyinchiliklarni yengish uchun
Agar siz juda xavotirda bo‘lsangiz yoki imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga to‘sqinlik qiladigan turli muammolarga duch kelsangiz (masalan, sog‘liq muammolari yoki oilaviy muammolar) o‘qituvchilaringiz bilan yoki talaba-do‘stlaringiz bilan suhbatlashing. Ular sizga yordam berishlari mumkin.

9. Imtihondan bir kun oldin...
Imtihondan bir kun oldin suzish, sayr qilish yoki yaqinlar va do‘stlar bilan ko‘rishish sizga kuch va xotirjamlik berishi aniq. Maroqli kundan keyin albatta tiniqib uxlaysiz. Bundan jismoniy toliqqan taqdiringizda ham unutmang, inson miyasi har doim katta narsalarga qodir.

10. Ijobiy munosabat
Umid qilamizki, mashaqqatli harakatlaringiz o‘z samarasini beradi va siz istagan imtihon natijalarini olasiz. Ammo bu o‘xshamay qolsa, umidingizni yo‘qotmang. O‘qituvchilaringiz bilan qayta maslahatlashing. Balki imtihonni qayta topshirishingiz yoki boshqa muqobil imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Unutmang, har qanday holatda ham hayotga ijobiy munosabat bilan siz to‘siqlarni ajoyib narsaning boshlanishiga aylantira olasiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 190
  • Tarozida o‘zgarish yo‘q: ozishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar 12 apr, 10:29 123
  • Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi? 09 apr, 10:27 362
  • Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi? 06 apr, 16:46 284
  • Kuniga uchtadan tuxum iste’mol qilish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi? 05 apr, 19:35 529
  • Farzandingizni zudlik bilan boshqa maktabga o‘tkazish kerakligini anglatuvchi holatlar 05 apr, 16:40 226
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 0
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 0
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 15
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 26
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 44
  • Netanyahu Eronga javob uchun nishonlar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi 16 apr, 08:18 76
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 25
  • Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi 16 apr, 06:47 72
  • Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi 16 apr, 00:23 255
  • Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti” 15 apr, 23:59 123
  • Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi 15 apr, 23:13 159
  • Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi 15 apr, 22:50 208
  • Bo‘limlar