“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:08
ЎЗO‘Z

Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video)

18 apr, 09:44 3 019 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video)
Urganchda dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi. U Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi, deb xabar berdi «Podrobno.uz»ga tayanib «Daryo».

Qayd etilishicha, Rossiyaning Jukovskiy shahridagi haykaltaroshlar dunyodagi eng yirik ot haykalini bronzadan quyish ishlarini tugatmoqda, faqat kichik detallari qolgan. Asos bilan birgalikda haykalning balandligi 25 metrni tashkil qiladi. U O‘zbekiston hukumatining buyurtmasi asosida tayyorlanmoqda va Urganch shahrida o‘rnatiladi.

Eng katta ot Mo‘g‘ulistonda Chingizxon haykali bilan birga o‘rnatilgan. Uning balandligi 50 metrni tashkil qiladi, ammo u bronzadan yasalgan emas. Urganchga o‘rnatilayotgan yodgorlik Ginnesning rekordlar kitobiga bronzadan yasalgan eng katta ot sifatida kiradi.

«Aslida, buyurtmachilar otni dunyodagi eng kattasi bo‘lishini istamagan. Yo‘q, bunday emas edi. Agar ular eng katta otni istaganda, 50 metrlik otga buyurtma berishlari mumkin edi. Bu (25 metrlik ot) shaharning maydoni uchun, aynan o‘sha me’moriy muhit uchun maqbuldir», – deya ta’kidladi loyiha muallifi Vitaliy Kazanskiy.

Yodgorlikda faqat otning o‘zi bo‘lmaydi. Uning ustida mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan O‘zbekiston xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi siymosi bo‘ladi.

«Hech kim hech qachon bunday miqyosdagi otlarni yasamagan. Biz Turkiya uchun biroz kichikroq ot yasagan edik. Buyurtmachilar u otni ko‘rishdi va biz bundan ham ko‘proq qilishimiz mumkin, degan qarorga kelishdi. Ikki yildan beri loyiha ustida ishlaymiz. Mualliflar haykalning bir nechta variantlarini taklif qilishdi. Natijada yakuniy versiyani O‘zbekiston Prezidenti shaxsan tasdiqladi», – dedi Lit Art kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Ustenko.
Eslatib o‘tamiz, Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel qurilishi ma’lum qilingandi. Tunnel aeroport va temir yo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidan va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tadi. Tunnel qurilishi munosabati bilan shaharning bir qator ko‘chalari va chorrahalarida transport harakatini tashkil etish qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihani qachonga yakunlash rejalashtirilgani va uning qiymati qanchaligi haqida ma’lumot berilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 225
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 305
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 95
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Bo‘limlar