“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:35
ЎЗO‘Z

Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

18 apr, 08:38 3 429 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?
Foto: Google Photos
Fevral oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hukumatlari Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temir yo‘lini qurish borasida «Yo‘l xaritasini» imzolagan edilar. Mazkur loyihada Rossiya ham qatnashishga qiziqish bildirib keladi. Bu loyiha esa so‘nggi yuz yillikda ilk marta Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi transport va energetika yo‘lagini qurish borasida ijobiy umidlarni uyg‘otdi. The Project Syndicate nashri mazkur yo‘lakning istiqbollari haqida so‘z yuritadi.

Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transport yo‘lagini bitirish mintaqada iqtisodiy aloqalarning jonlanishiga va qolaversa Afg‘onistonda tinchlikning o‘rnatilishiga va ehtimol qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishiga umid beradi. Shu boisdan qurilishi imzolangan loyiha Afg‘onistonga 2 trillion dollar mablag‘ sarflagan Rossiya, Xitoy, Hindiston va AQSH tarafini qiziqtirishi mumkin. Shuningdek, g‘arbda «noma’lum hudud» sifatida qaraladigan Markaziy Osiyoning xalqaro siyosiy voqealardagi o‘rniga ham xolisona baho berishga undashi tabiiy.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov fevral oyida Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonga safar qildi va Afg‘oniston ishtirokida Janubiy Osiyo mamlakatlariga chiqish masalasini muhokama qildi. Prezident Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatida ham asosiy masala Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Afg‘onistondagi tinchlikka hissa qo‘shish ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston hukumati Termizdan Mozori Sharifga olib boruvchi temir yo‘lni qurib bitkazdi. Navbat esa endi Hindiqush tog‘lari orqali o‘tuvchi va Peshovarga tutashuvchi 573 kilometrlik temir yo‘l qurilishini bitkazishga keldi. Agar loyiha ijobiy yakunlanadigan bo‘lsa, bu temir yo‘l dunyodagi eng baland temir yo‘l nomini ham olishga va yiliga 20 million tonna yukni tashishga xizmat qilishi mumkin.

Dekabr oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari Mozori Sharifdan Kobulga eltuvchi temir yo‘lni qurish borasida shartnoma imzoladilar va temir yo‘l qurilishiga 5 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ ketishini aniqlab, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning bu loyihaga e’tibor qaratishlarini so‘radi. Agar moliyaviy yordam olinadigan bo‘lsa, temir yo‘l qurilishi shu yilning sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.  O‘zbek va tojik elektr tashuvchi tarmoqlarining Kobul yo‘nalishida o‘rnatilganligi kelajakda temir yo‘lni elektrlashtirishga yordam beradi. Mutaxassislar fikricha mazkur temir yo‘lning qurilishi Markaziy Osiyodan yuborilayotgan yuklarning yetkazib berish muddatini 30 kundan 15 kungacha qisqartiradi.

Loyihalashtirilgan temir yo‘l, shuningdek, Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston qurayotgan transport koridorini bir-biriga bog‘laydi va Yevropa, Xitoy, Rossiya va Janubiy Osiyo mamlakatlari Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan transport yo‘lagiga ega bo‘ladi. Hozirda O‘zbekiston o‘z yuklarini Eronning Bandar Abbos porti orqali dengizga chiqishini ta’minlamoqda va bu o‘rtacha hisobda 2600-3000 dollarga tushmoqda. Agarda Afg‘oniston orqali Pokistonning Karachi portiga chiqish imkonini beradigan temir yo‘l quriladigan bo‘lsa, bu xarajat 1400-1600 AQSH dollariga tushishi mumkin.

2020 yilning oxirlarida Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston hukumatlari Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi gaz quvurini qurish ishlarini boshlab yubordi. 1814 kilometrga cho‘zilgan mazkur gaz quvuri yiliga 33 milliard kubometr gazni eksport qilish imkonini beradi. Mazkur gaz quvuri qurilishi 2023 yilning dekabr oyida tugallash rejalashtirilmoqda. Tolibon rahbariyatining mulozimlari rasmiy Ashxobodga tashrifi chog‘ida mazkur gaz quvuri qurilishini qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

AQSH milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Zbignev Bzejinski bir vaqtlar Markaziy Osiyoni «buyuk shaxmat taxtasi» ga qiyos qilgandi, chunki bu hududda katta loyihalar amalga oshirilar ekan AQSH, Rossiya va Xitoydek yirik geosiyosiy o‘yinchilarni ham nazardan qochirmaslikka to‘g‘ri keladi. Shunday ekan AQSH ham, Rossiya ham, Xitoy ham Markaziy Osiyoda tinchlik ta’minlanishi va taraqqiy etishidan manfaatdorligi ko‘rinadi.

Markaziy Osiyo bir vaqtlar dunyo savdo sotig‘i va ilm fanida gurkiragan bo‘lsa, hozirda oltin asrdagi yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirib olish uchun yaxshi imkoniyatga ega, buning uchun esa Markaziy Osiyo mamlakatlari bir-birlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib erishishlari mumkin.

Jahongir Ergashev tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 0
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 36
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 82
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 124
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar