“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:27
ЎЗO‘Z

Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi

17 apr, 23:55 2 983 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi
Foto: TASS
Rossiyada davlat to‘ntarishi va Belarus prezidentini o‘ldirishga uringanligi uchun ikki nafar belaruslik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya FXX va Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasining birgalikdagi operatsiyasi chog‘ida Belarus va AQSH fuqaroligiga ega Yuriy Zyankovich va Belarus fuqarosi Aleksandr Feduta qo‘lga olingan.

Ma’lumot berilishicha, ular “rangli inqilob” ssenariysi bo‘yicha harbiy davlat to‘ntarishini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishgan.
"Harbiy to‘ntarishni amalga oshirish uchun 9 mayda Minskda o‘tkaziladigan g‘alaba paradi kuni tanlangan”, deyiladi xabarda.

Rossiya FXXning xabariga ko‘ra, Zyankovich AQSH va Polshada konsultatsiya olganidan so‘ng Moskvaga kelgan va poytaxtdagi restoranlardan birining alohida xonasida Feduta bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, ular davlat to‘ntarishi rejasini batafsil ishlab chiqishgan. Rejaga ko‘ra, prezident lavozimini yo‘q qilish orqali konstitutsion tuzumni o‘zgartirish va mamlakatni “Milliy yarashish qo‘mitasi” orqali boshqarish ko‘zda tutilgan.

"Bunda Zyankovich parlament va huquq tizimi “kuratori” bo‘lishi, Feduta esa siyosiy islohotlar va mafkuraviy ishlar bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Ularning uchrashuvi hujjatlashtirilganidan so‘ng Rossiya xavfsizlik organi xodimlari Zyankovich va Fedutani qo‘lga olgan hamda belaruslik hamkasblariga topshirgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 1
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar