“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:56
ЎЗO‘Z

«Seriallar orqali ayollarga nisbatan qanday zug‘um qilishni o‘rgatib qo‘yyapmiz» – AOKA

16 apr, 14:21 2 008 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Seriallar orqali ayollarga nisbatan qanday zug‘um qilishni o‘rgatib qo‘yyapmiz» – AOKA
Joriy yil 15 aprel kuni «Yuksalish» umummilliy harakati binosida Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan «Ommaviy axborot vositalarida berilayotgan media mahsulotlarni gender ekspertizadan o‘tkazish masalalari: qonunchilik va amaliyot» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqarma boshlig‘i Ma’mur Parpiyev turk seriallari haqida fikrlarini aytdi.

«O‘tgan yilgi dastlabki 9 oy davomida OAVda berilayotgan media mahsulotlar monitoring qilinganda, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq, zo‘ravonlik targ‘ib qilingan materiallar soni 580tani tashkil qilgan. Bu holatlar telegram messenjeri va ijtimoiy tarmoq sahifalarida boshqa OAV turlariga nisbatan salmog‘i ko‘proq. Masalan, termizlik ayolning o‘z joniga qasd qilish holati bo‘yicha ilk manba internet sayt hisoblanadi. Shunga asoslanib, butun jamoatchilikning e’tibori voqelikka qaratildi va media shu xabar bilan to‘ldi. Bu ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keladi.

O‘tgan yilgi pandemiya tufayli seriallar namoyish etilishi ko‘paydi, chunki odamlar ko‘proq vaqtini uyda o‘tkazdi. Shu davrda efirga ketgan seriallar, ayniqsa, turk seriallari oilada zo‘ravonlik targ‘ib qilinishiga sabab bo‘ldi. Masalan, turmush o‘rtog‘i bo‘la turib, boshqa erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayol ijobiy qahramon bo‘lib efirga ketyapti.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilishi holatlari nafaqat xorij, balki milliy seriallarimizni ham chetlab o‘tmagan. Bu klip va filmlarga ko‘chdi. Telekanallarga tavsiyaviy xarakterda ushbu materiallarni bermaslikni aytamiz, ularga bergan mahsulotlarida ma’lum qonunchilik talablariga zid holat kuzatilayotgani haqida xabar beramiz. Qaysidir OAV bundan xulosa chiqaradi, ayrimlari esa aksincha.

Fevral oyidan boshlab xorij seriallarini bir kunda bir mahal berish bo‘yicha kengash qarori chiqdi. Ular o‘rniga milliy seriallar sonini ko‘paytirish talabi qo‘yildi. Bundan tashqari, bir necha turk seriallarida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik targ‘ib qilinayotgani haqida agentlikka ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Xorij seriallarini efirga berish orqali oilalarda zo‘ravonlik qilish normal holat ekanligini ko‘rsatib beryapmiz. Masalan, xorij va ayrim milliy seriallarini berish orqali yosh oilalarga o‘zaro munosabatlarda ayollarga nisbatan qanday zug‘um qilishni o‘rgatib qo‘yyapmiz.

Bunday holatlar keyinchalik ro‘y bermasligi uchun OAVda gender tengligi nimaligini tushunadigan mutaxassislarni tayyorlashimiz, har bir OAV qoshida badiiy kengashlar tashkil qilinishi lozim», – dedi Parpiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 0
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 588
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 87
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar