“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:46
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev «Urgut» iqtisodiy zonasidagi korxonalar bilan tanishdi

16 apr, 08:38 1 771 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev «Urgut» iqtisodiy zonasidagi korxonalar bilan tanishdi
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona mavjud xomashyo va infratuzilmadan samarali foydalanib, qishloq joylarda sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlari ochishda muhim o‘rin tutmoqda.

Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. 313 million dollarlik 55 ta loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish boshlangan, ularda 4 ming 328 ta kishi mehnat qilmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan gaz plitalari, yengil sanoat va charm-poyabzal tovarlari, gilamlar, gigiyena vositalari, elektr texnikasi buyumlari kabi 220 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2020 yilda 1,2 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanib, 30 million dollarlik eksport qilingan.

Davlatimiz rahbari iqtisodiy zona hududidagi “Kamalak Tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Urgut tumanining Mergancha massivida joylashgan ushbu shirkatda gilam va tafting, kovrolan mahsulotlari, sintetik ip va sun’iy chim ishlab chiqarilmoqda.
Korxonaga Belgiya, Shveysariya, Avstriya, Fransiya va Germaniya davlatlarining zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlari o‘rnatilgan. 328 ta ish o‘rni yaratilgan.

O‘tgan yili bu yerda tayyorlangan 170 milliard so‘mlik mahsulotning 59 foizi ichki bozorga, 41 foizi xorijga sotilgan. Joriy yilda 7,5 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirishni kengaytirish, boshqa tumanlarda ham shunday korxonalar tashkil etib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Prezident “Sam elektro servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi. Korxona “Ideal” brendi ostida yiliga 260 ming dona elektr duxovka, 150 ming dona gaz plitalari va ular uchun qo‘shimcha buyumlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Unga Germaniya, Turkiya va Xitoydan zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatilgan.

2020 yilda umumiy qiymati 58 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, uning 32 foizi xorijga eksport qilingan. Joriy yilda 2 million dollarlik mahsulot eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Mahsulot turlarini kengaytirish, zamonaviy elektr texnikalari ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida ayni paytda qiymati 90 million dollarlik 29 ta loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida yana 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, qiymati 144 million dollarlik 21 ta qo‘shimcha loyiha shakllantirilgan, qiymati 206 million dollarlik 33 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari iqtisodiy zona imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi va istiqbolli loyihalarni ko‘paytirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu yerda samarqandlik nuroniylar bilan muloqot bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 416
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar