“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 03:56
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi turizm markazini borib ko‘rdi

16 apr, 00:13 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi turizm markazini borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida, 212 gektar maydonda qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 10 ta inshoot, jumladan, kongress xoll, mehmonxonalar, dam olish maskanlari bo‘ladi.
Ayni paytda kongress xoll, «Abadiy shahar» karvonsaroyi va 8 ta mehmonxona bunyod etilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumki, Samarqandda mehmonxonalar ko‘p bo‘lishiga qaramay, sayyohlar ko‘p kelganda o‘rinlar yetishmay qoladi. Masalan, 2019 yilda shahardagi barcha otellar band bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, qurilayotgan markaz turistik xabga aylanadi. Bu yerda xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun ham keng sharoit bo‘ladi. Uni 2022 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentga mazkur yangi sayyohlik markazi imkoniyatlari, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma’lumot berildi. Davlat rahbari markaz boshqaruvini samarali tashkil etish, turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu yerda Samarqandning turizm infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari taqdimot qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand shahrida ilk bor gastronomik ko‘cha, Samarqand tumani «Konigil» mahalla fuqarolar yig‘inida mamlakatdagi birinchi turizm qishlog‘i tashkil etildi. Bunday maskanlar sayyohlarning viloyatda qolish vaqtini uzaytirish bilan birga, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga daromad manbayi yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.
Davlat rahbari mazkur turistik markazni shahar bilan bog‘laydigan yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rdi, Usta Umar Jo‘raqulov va Afrosiyob ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi 22 yanv, 20:53
  • Samarqandda 320 gektar maydonda turistik markaz qurilishi boshlandi 18 sen, 20:16
  • Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto) 31 avg, 06:34
  • Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi 29 iyun, 06:35
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi (foto) 11 yanv, 17:27
  • Shavkat Mirziyoyev «Tashkent City» qurilishini ko‘zdan kechirdi​ (foto) 21 noya, 11:37
  • So'nggi yangiliklar
  • Lavrov aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini berishni taklif qildi 16 okt, 00:17 98
  • Renault avtokonserni O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va sotishni boshlaydi 15 okt, 23:58 121
  • Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi 15 okt, 23:33 160
  • Shavkat Mirziyoyev SHHT davlat rahbarlari bilan muloqot qildi 15 okt, 23:03 156
  • Haydovchilardan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor bo‘lmoqda 15 okt, 22:38 238
  • Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik" 15 okt, 22:36 255
  • Masharipov OCHL bahsi oldidan intervyu berdi 15 okt, 22:15 283
  • Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi 15 okt, 21:50 222
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik" 15 okt, 21:49 324
  • Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi 15 okt, 21:30 485
  • AQSHga kirishdagi barcha cheklovlar olib tashlanmoqda 15 okt, 21:06 277
  • U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin 15 okt, 21:01 291
  • Bo‘limlar