“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:13
ЎЗO‘Z

«Bu biz uchun juda uyatli» — Davlat soliq qo‘mitasi raisi (video)

15 apr, 15:48 2 992 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu biz uchun juda uyatli» — Davlat soliq qo‘mitasi raisi (video) Foto: Videolavhadan skrinshot
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda soliq organi xodimlari sotuvchi ayollarning buyumlarini tortib olishga urinib, ularni yerda sudragani, yosh bolani yig‘lashiga sabab bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda qayd etilishicha, soliq organi xodimlari 10 A 042 RA raqamli avtomobilda kelib, sotuvchi ayollarning buyumlarini tortib olishga uringan. Ayollar buyumlarini berishni xohlashmagan, soliq organi xodimlari ulardan majburan olib qo‘ygan.

«Uyimda non qolmadi, ber narsalarimni», deya baqiradi sotuvchi ayol. Soliqchi esa bu yer bozor emasligini aytadi.
Voqea Olmaliq shahrida sodir bo‘lgani aytiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev o‘z munosabatida bu holat tizim uchun juda uyatli ekanini ta’kidladi.
«Olmaliq shahrida bo‘lgan noxush hodisa juda uyatli biz uchun, bizning sha’nimizga, umuman, soliq organlari vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan holat. Men sizlarga o‘zim shaxsan va’da beraman. Hozir o‘zim Samarqand shahrida xizmat safaridaman, lekin qaytib borishim bilan o‘zim Olmaliqda o‘sha hodisa yuz bergan joyda bo‘laman. Lekin ungacha kutmasdan, biz bu hodisada o‘zini noo‘rin tutgan va noo‘rin xizmat vazifasini bajargan barcha xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralarini ko‘riladi...

Soliq organlari kuch ishlatar tizim emas. Lekin bunday ayanchli holatlar yuz beryapti va biz buni ildizi bilan yulib tashlashimizga to‘g‘ri keladi. Ko‘rilgan choralar bo‘yicha sizlarga qo‘shimcha axborot beramiz.

Bunday holatning yuz berishi biz uchun uyatli va men hurmatli fuqarolarimizdan, umuman butun xalqimizdan kechirim so‘rayman. Soliq idoralarining hamma hodimlari ham bunday emas, afsuski, unaqalari ham yo‘q deyolmaymiz
», – deya murojaatini yakunlagan Sherzod Kudbiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar