“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi

15 apr, 14:00 1 735 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv Samarqand xalqaro aeroportidan boshlandi. Davlatimiz rahbari 2019 yili viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu «havo bandargohi»ni modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Loyiha doirasida yangi terminal, uchish-qo‘nish yo‘lagi, turargoh va boshqa ob’ektlar barpo etilishi belgilangan. Bugungi kunda uzunligi 3105 va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi tugallanib, yoritish-signal chiroqlari va aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilmoqda.

Prezident dastlab xalqaro aviatsiya standartlari asosida qurilgan uchish-qo‘nish yo‘lagini ko‘zdan kechirdi.

Yangi terminal zamonaviy dizaynga, bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 400 nafar edi.

Odamlarga qulaylik yaratish asosiy maqsad bo‘lishi kerak. Buning uchun «aqlli texnologiyalar»ni qo‘llash, xizmatlarni arzon, sifatli, tezkor qilish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Turli kattalikdagi samolyotlar uchun 24 ta turargoh barpo etilmoqda. Shundan uchtasi «havo kemalari»ga muzlashga qarshi ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Aeroportda kargo xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida to‘xtalib, yuk tashish raqobatbordoshligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kargo barqaror va manfaatli bo‘lishi uchun doimiy yuk kerak. Buning uchun samolyotlarga xizmat ko‘rsatish, yuklarni ortish va yetkazib berishni arzon va tez yo‘lga qo‘yib, boshqa aviakompaniyalarni jalb etish zarur. Bundan tashqari, viloyatda eksportbop meva-sabzavotlarni ko‘paytirib, ularni shu kargo orqali jahon bozoriga chiqarish mumkin, – dedi Prezident.

Yangi aeroportni joriy yil sentabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, u «ochiq osmon» rejimida to‘liq ishlay boshlaydi. 1000 kishi ish bilan ta’minlanadi. Samarqand xalqaro aeroporti 1967 yilda qurilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 1
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar