“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlandi

15 apr, 12:49 1 838 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlandi DXX idoralari tomonidan qalbaki xorijiy valyutalarni mamlakatimizga olib kirish va muomalaga chiqarishga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

«Andijon shahrining Yangibozor hududida joylashgan savdo majmuasiga 4 nafar fuqaro kelib, narxi 1100 AQSH dollari bo‘lgan Iphone 12 rusumli uyali aloqa telefonining 9 donasini 9900 AQSH dollariga sotib olmoqchi bo‘lishadi va sotuvchiga kelishilgan pul mablag‘ini berishadi. Biroq, sotuvchi ular bergan xorijiy valyuta soxta ekanligini bilib, pullarini qaytarib beradi.

Qalbaki dollarni o‘tkazish bo‘yicha hiylalari ish bermagan to‘rtovlon endi pullarni arzonroq narxda haqiqiy valyutaga almashtirish uchun Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqishadi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini jalb etgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar kelayotgan avtomashina Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida ulardan qalbaki 10100 AQSH dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi
», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotda.

Bu kabi holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan. «Uychi tumanida yashovchi fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi sherigi bilan Namangan shahridagi aksiyadorlik tijorat banki xodimining ishonchiga kirib, o‘zlarida mavjud bo‘lgan katta miqdordagi qalbaki AQSH dollarini unga bankdagi detektor orqali tekshirib ko‘rishini, agar qurilmadan o‘tsa ularni haqiqiysiga almashtirib berishini, evaziga har 1000 AQSH dollari uchun unga 200 AQSH dollaridan berishlarini aytishadi.

DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki qonunbuzar shaxs qalbaki 7050 AQSH dollarini haqiqiysiga almashtirish uchun bank xodimiga bergan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, har ikki holatdagi qalbaki dollarlar 50 dollarlik kupyuralardan iborat bo‘lib, ular xorijdan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelingan
», deyiladi ma’lumotda.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyatlar ishlari doirasida qalbaki xorijiy valyutalarning kelib chiqish manbalari va ularning respublikamizga olib kirilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 99
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 55
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 235
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 245
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar