“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:11
ЎЗO‘Z

Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi

13 apr, 13:45 2 609 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi Pentagon mutaxassislari organizmda koronavirus alomatlari paydo bo‘lguncha virusni aniqlovchi mikrochip yaratishdi. Ta’kidlanishicha, chip yordamida virusni qonga tushganidan keyin 3-5 daqiqa ichida aniqlash mumkin bo‘ladi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari harbiy agentligi vakillari yangi mikrochip ishlab chiqilganini ma’lum qilishgan. Chip qon tarkibini kuzatishga imkon beradi va organizmga koronavirus tushishi bilan darhol bu haqida darak beradi.

Harbiy infeksionist shifokor, iste’fodagi polkovnik Mett Xepbernning tushuntirishicha, qurilma matosimon gel ko‘rinishida bo‘lib, u teri ostiga o‘rnatilgandan keyin qon tarkibini doimiy ravishda tekshirib turadi. Koronavirus aniqlanishi bilan u bu haqida signal beradi.

Siz uni teri ostiga kiritasiz va u organizmingizdagi kimyoviy reaksiyalar haqida ma’lum qiladi. Agar signal olsangiz, unda buning ertasigayoq sizda koronavirus belgilari paydo bo‘lishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis.

Xepbernning ta’kidlashicha, chip yordamida organizmda virus borligi haqidagi axborotni u qonga tushgandan keyin 3-5 daqiqa ichida olish mumkin. Shu tariqa, koronavirus bir zumda aniqlanadi va bu davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Pentagon chip yordamida odamlarning harakatlanishi hamda ular haqida boshqa bir ma’lumot to‘plash niyatida emas. Ta’kidlanishicha, qurilmani ishlab chiqish ishlari deyarli yakunlanib qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 48
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 77
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 53
  • Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya O‘zbekistonda ofis ochmoqda 26 mar, 11:49 45
  • Xitoyning 5G-internetiga besh baho... 26 mar, 10:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 0
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 0
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 1
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Bo‘limlar