“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:16
ЎЗO‘Z

Bolangizni qarg‘amang, onalar!

13 apr, 09:00 3 099 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolangizni qarg‘amang, onalar! Yomg‘ir shivalab yog‘ar, kun ancha sovuq bo‘lganidan hamma tezroq manziliga yetib olishga harakat qilar edi. Men ham soyabon olmaganim sabab yomg‘irda ancha ivib qoldim. Uyga shoshib kirdim-u, qo‘shni hovlidagi ayolning yoqimsiz ovozidan to‘xtab qoldim. «Ey Alloh, yana boshlandimi?» deb ko‘nglim xira bo‘ldi. Ayol nimadir ayb qilgan uch yashar o‘g‘ilchasini chunonam qarg‘ar, ota-bobosini ham qoldirmay haqoratlar, orada shapaloq yoki mushtning ovozi ham eshitilib qolar edi.

Xonaga kirdim-u, barmoqlarim bilan qulog‘imni berkitib oldim. Qancha turdim, bilmayman, qulog‘imni sekin ochsam, uning «…haromdan bo‘lgan qurbonlikka yaramaydi. Sen itvachcha go‘r bo‘larmiding, bo‘lsang, manavi otangga o‘xshagan alkash bo‘lasan-da. Hezalak, dayus. Og‘zingdan qoning kelib, irib-chirib ketgin, haromzoda», deyayotganini eshitdim.

Etim jimirlab ketdi. Nahot, odam o‘z farzandiga shunday mudhish taqdirni ravo ko‘rsa? Hatto inidan tushib ketgan qush bolasining oyog‘i yoki qanotining singanini ko‘rishning o‘zi alamli. Bu uning jonidan bo‘lgan bolasi-ku! Inson nega bola ko‘rishni istaydi? Uni nega boqib katta qiladi? Eri bilan urushganda yoki ishxonadan gap eshitib kelganda, alamini olish, urib xumordan chiqish uchunmi?

Kech tushgach, bolakay biz tomonga kelib o‘ynay boshladi. Men: «Abdulloh, bu yoqqa kel», deb chaqirdim. U xuddi yirtqich hayvon hujum qilgandek yoki biror katta ayb qilib, onasidan kaltak yeyishni kutgandek bo‘ynini qisib, ko‘zi to‘la dahshat bilan qaradi. Unga qarashning o‘zi azobli edi. Yuragim ezilib ketdi.

Nahotki, hayot bilan hali tanishib ulgurmagan uch yoshli go‘dakning ko‘zlarida shuncha dard, qalbida qo‘rquv bo‘lsa?! Uni yonimga chaqirib, gapga sola boshladim. U indamay yerga qarab turardi. Biroz o‘tib o‘zidan bir-ikki yosh katta o‘rtog‘i kelib: «Abdulloh, yur o‘ynaylik», deb qoldi. Bola qat’iy bosh tortib: «Kiyimim iflos bo‘ladi, keyin oyimdan yeyman», deb javob berdi.

Gap buyoqda ekan. Boyagi qarg‘ishlar, kaltaklar uning kiyimi kir bo‘lib, ishyoqmas onasiga qo‘shimcha tashvish bo‘lgani uchun ekan! O‘ylab qoldim. Nahot kun kelib men ham ustini kir qilgan, biror idishni sindirgan yoki hali juda kichik bo‘lgani sabab aqli yetmay hojatxonani iflos qilib qo‘ygan bolamni shunday qilsam?! Yo‘q, yo‘q, Alloh saqlasin.

Bola o‘z oti bilan bola. Bilib-bilmay xato qiladi, yiqilib-surilib ulg‘ayadi. «Falonchi o‘n sakkiz yoshli bola tug‘ibdi» yoki «Falonchining bolasi o‘z kiyimini, taglik, ishtonchalarini o‘zi yuvar ekan. Tuvagini o‘zi to‘kib, o‘zi uxlar ekan» degan gapni qachon va qayerda eshitgansiz?

Inson bunyod bo‘lgandan toki aqlini tanib olgunicha bo‘lgan qiyinchiliklar o‘rniga necha-necha shaharlar obod bo‘ladi deyishadi. Xalqimizda «Qarg‘agan bolangdan yaxshilik kutma» degan purma’no naql yuradi. Mabodo, Alloh ko‘rsatmasin, bolasini bor mahorati bilan qarg‘ab turgan ayolning «duo»si ijobat bo‘ladigan vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, nima bo‘ladi?

«Haromzoda, bo‘yning uzilgur, og‘zingdan qoning kelsin, izing kuysin, juvonmarg bo‘lgin», deb yaltiroq tishlarimiz orasidan osongina chiqayotgan bu so‘zlar aslida oddiygina baqirish yoki jahlni ifodalashmi?

Bizning ojiz go‘dakni qarg‘ashga haqqimiz bormi? Farzandni go‘zal so‘zlar, ezgu duolar qilish o‘rniga har hil johilona, etni seskantiruvchi so‘zlar bilan voyaga yetkazishimiz insofdanmi? Dunyoga kelib, beshikdan to voyaga yetgunicha qarg‘ishga to‘yingan tanadan nima kutish mumkin? Axir, oddiy o‘simlik yoki suv idishga solingan guruchga yomon so‘zlar aytilsa so‘lib, aynib qoladi-yu, borlig‘i suvdan iborat bo‘lgan guldan nozik bola gurkirab o‘sarmidi?

Bolaning haqiqiy EGAsi bor. U Zot hammasini ko‘rib-kuzatib turibdi. Bizga bergan omonati haqida hali so‘raydi. Farzandimiz Allohning musulmon bandasi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummati bo‘lib dunyoga kelibdimi, demak, biz unga mas’ulmiz. Hech bir narsa behikmat vujudga kelmaydi, hech narsa javobsiz tashlab qo‘yilmaydi.

Bolasini qarg‘ovchi ota-onalar, og‘zimizga ehtiyot bo‘laylik. O‘rni kelganda qarg‘ish haqida bilib qo‘ygan ham yaxshi. Qarg‘ish ham til ofatlaridan biri bo‘lib, ikki xil bo‘ladi: man etilgan va man etilmagan. Man etilgan duoibad ham ikki qismdir: begunoh insonlarni, hayvonlarni qarg‘ash va o‘zini qarg‘ash.

Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «O‘zlaringiz haqingizda duoibad qilmangiz, farzandlaringiz zarariga duoibad qilmangiz, mol-mulklaringiz haqiga duoibad qilmangiz. Alloh tomonidan bo‘lgan ijobat soatlariga duoibadingiz to‘g‘ri kelib qolsa, duoingiz mustajob bo‘lgay», deb ogohlantirganlar.

Qarg‘ash bo‘yicha chempion, bolani kaltaklash bo‘yicha master bo‘lgan onalar, o‘z oyog‘ingizga o‘zingiz bolta urib, kelajagingizni barbod qilmang!

Manba6: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 52
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 231
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 134
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 233
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 355
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar