“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:31
ЎЗO‘Z

Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir

13 apr, 00:10 2 592 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir Ro‘za — bandani dunyoda iftorga, uqboda iftixorga yetkazadigan qutlug‘ ibodat.

Ro‘za — nafsni sabr qafasida tutmoq, ishq samosidat ruhga tutunmoq.

Ro‘za — g‘aflatdan qutlug‘ tirilmoq, shahvatga qarshi kurashmoq.

Ro‘za — zohiran qorinni och qoldirish, teran nigoh ila esa qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirmoq.

G‘ayrat va muhabbat bilan yozilgan dasturxon dunyoda qanchadan qancha eshiklarni ochishga kuchi yetadi, lekin bir mo‘minning kichkina og‘zini ocholmaydi.

Ro‘za o‘zligimizga uyushtirgan sayohatimiz
Ro‘za — bizga yo‘qsilga yaqin bo‘lishni, faqir bilan baham ko‘rishishni, do‘st bilan qadrdon bo‘lishni o‘rgatgan muallimi aziz.

Ro‘za — muhtojlarga borish bilan, o‘zimiz, o‘zligimizga kelgan muhtasham sayohat.

Ro‘za — daryoda topolmaganimiz musaffo hayotni, tomchida topmo san’ati.

Ro‘za — isyonkor ochlik e’loni emas, itoatkor bandalik vazifasi.

Ro‘za — mashaqqatda toblanmoq, ishqda qovrulmoq, sabr bilan to‘g‘rilanmoq va rizo bilan to‘ymoq.

Ro‘za — mukofotini aniqlash uchun matematika ilmi chorasiz qolgan ibodat.

Mehr-shafqat mavsumi
Og‘izning chanqoqlik bilan qurishiga mukofot qilib, ko‘ngilning nurdan yasalgan kosalar bilan ishq irmog‘idan suvga qonishi.

Ro‘za — ichimizdagi dushmanga nisbatan eng buyuk jihodning yagona nomi.

Ro‘za — bandani Allohdan uzoqlashtirgan yomonliklardan himoyalanishi uchunbutun ummatlarning peshonasiga yozilgan rayyon muhri.

Ro‘za — hayot yo‘lida Qur’on chirog‘i bilan Qadr topmoqlik.

Ro‘za — dunyoda gunohlarni, uqboda do‘zax olovini so‘ndirmoq uchun muhabbat bilan yonmoq san’ati.

Ro‘za — mehr va shafqatning kitoblardan qalblarga hijrat qilgani ehson mavsumi.

Ro‘za — qo‘limizni avval vijdonimizga, keyin esa yaxshilik uchun cho‘ntagimizga olib borgan infoq bahori..

Sanoqli kunlarning sanoqsiz yaxshiliklar ibodati
Ro‘za — dunyo g‘ala-g‘ovurida yo‘qotib qo‘ygan o‘zligimizni, kimsasizlarni xotirdamoq bilan topgan diydor vaqti.

Ro‘za — sanoqli kunlarning behisob yaxshiliklarining ibodati.

Ro‘za — hamma narsaga erishish bilan qidirgan halovatni, hech narsani o‘zimizniki deya bilmaslik bilan topgan xotirjamligimiz vasilasi.

Ro‘za — jism kemasi barcha haromlarga yopib, halol dengizining salomat sohiliga ixlos kapitanligi bilan chiqqanimiz qutlug‘ safar.

Ro‘za — bola uchun zavqli o‘yin, yoshlar uchun o‘ziga xos fazilat, keksalar uchun aziz xotira, ayollar uchun mustasno ziynat.

Ro‘za — qalbdagi niyatning holda samimiyatga, hayotda madaniyatga aylanishi.

Ro‘za — ochko‘zning zindonidan, ko‘ngli to‘qning saroyiga yuksalish.

Ro‘za — ko‘kda hilolni, yerda halolni kuzatishning shuuri.

Ro‘za — nafs tarbiyasi, ko‘ngil tazkiyasi, qalbdagi kirlarning tasfiyasi...

* Tazkiya — ziynatlamoq
* Tasfiya —poklamoq.

"Islom va ehson" saytidan olindi.
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 0
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 1
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 11
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar