“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:49
ЎЗO‘Z

Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi

12 apr, 22:43 2 441 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi Mirishkor tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi qarzdor M.Xolmurodov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining qaroriga asosan undiruvchi N.Panjiyevaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati MIB Mirishkor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor M.Xolmurodovning 4 oydan buyon to‘lanmagan 3 mln. 423 ming so‘m miqdordagi aliment qarzdorligini majburiy undirish maqsadida mol-mulkini aniqlash uchun davlat idoralariga so‘rov yuborilgan. Biroq qarzdor ota nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Qarzdordan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudiga yuborildi. Sud esa qarzdor otaga 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Sobir Dilmurodov
MIB Mirishkor tuman bo‘limi boshlig‘i




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar