“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:11
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma loyihani yo‘lga qo‘ydi

10 apr, 19:05 2 078 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma loyihani yo‘lga qo‘ydi Foto: primeminister.kz
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek Joli» o‘tkazuv punktida o‘zaro muzokara o‘tkazdi va «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi quriladigan joyga kapsula qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, tranzit-transport, turizm, kosmik soha, sanoat kooperatsiyasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, mintaqaviy va chegaraoldi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida avtomobilsozlik, Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Mamin va Aripov «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar to‘g‘risidagi protokolni imzoladi.

«Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi «Jibek Joli» (Qozog‘iston) va «G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazuv punktlari hududida barpo etiladi. Markazning umumiy maydoni 400 gektarni, o‘tkazish qobiliyati har ikki yo‘nalishda sutkasiga 35 ming kishi va 5 ming yuk avtomobilini tashkil etadi.

Markaz Qozog‘iston va O‘zbekistonning hamkorlikdagi investitsion loyihalarini amalga oshirish uchun yirik sanoat va savdo-logistika markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika hamkorligining joriy masalalarini muhokama qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 79
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar