“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:32
ЎЗO‘Z

«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

09 apr, 19:25 2 585 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi Joriy yil 9 aprel kuni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Besh muhim tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning respublika bosqichi televizion tarzda o‘tkazildi. Shartlar yakuniga ko‘ra 10-14 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘ringa Farg‘ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov munosib topildi. Bu yosh toifasida 2-o‘rin qoraqalpog‘istonlik Aynura Alimjonovaga, 3-o‘rin xorazmlik Javohir Karimovga nasib etdi.

15-19 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahridan Maftuna Umarova qo‘lga kiritdi, keyingi o‘rinlarda qashqadaryolik Munisa Norqobilova hamda Andijon viloyatidan kelgan Dilnavoz Hayitahmatovani ko‘rish mumkin.

20-30 yoshli ishtirokchilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva, 2-o‘rinda buxorolik Shamshoda Hamdamova, 3-o‘rinda surxondaryolik Sanjar Shotemirovlar e’lon qilindi.

Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 million so‘mdan, 3-o‘ringa esa 15 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5-9 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 56
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 234
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 75
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • O‘zbekistonning qaysi shahrida havo eng toza ekani ma’lum bo‘ldi 23 mar, 09:30 484
  • So'nggi yangiliklar
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 269
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 67
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 43
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 51
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 236
  • Bo‘limlar