“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

Sardor Umurzoqov: O‘zbekiston GSP+ dasturiga a’zo bo‘ldi

09 apr, 18:13 2 461 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sardor Umurzoqov: O‘zbekiston GSP+ dasturiga a’zo bo‘ldi O‘zbekiston YEIga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berishi mumkin bo‘ldi. O‘zbekistonning YEI GSP+ dasturiga a’zo bo‘lgani bunga imkon beradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

Shu vaqtga qadar YEI GSP+ dasturiga Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Shri Lanka davlatlari to‘liq a’zo hisoblanadi.

Bu dastur Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qishloq xo‘jaligi va boshqa ayrim turdagi mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.

Dasturga to‘liq a’zo bo‘lgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

GSP+ dasturiga kirishdan manfaatdor mamlakat muayyan shartlarni bajarishi talab etiladi. Jumladan, inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida 16 ta, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasida 11 ta – jami 27 xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilishi va samarali amalga oshirishi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 227
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar