“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning bir kunlik daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

08 apr, 22:07 3 968 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning bir kunlik daromad va xarajatlari ma’lum qilindi Foto: Shutterstock
6 aprel kuni O‘zbekiston budjetining daromad va tushumlari 299 milliard 500 million so‘mni, xarajatlari 701 milliard 800 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shundan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan elektron davlat xaridlariga 5 milliard 187 million 600 ming so‘m sarflangan. Xususan, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot va transport vositalari, texnik asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar xarid qilingan.

Vazirlik bundan bir yil avval - 2020 yilning 6 aprelidagi budjet daromad va xarajatlarini ham ochiqlagan edi. Jumladan, davlat daromad va tushumlari 1 trillion 116 milliard 800 million so‘mni, xarajatlari esa 986 milliard 200 million so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 mart kuni budjet daromadlari 402,9 milliard so‘m bo‘lgan. Xarajatlar nisbatan yuqori – 1 trillion 410 million 900 ming so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, budjet daromadlari soliqlar, bojxona tushumlari, solikdan tashqari yig‘imlar, davlat kreditlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag‘lardan shakllanadi.

Moliya vazirligi prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda respublika konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 178,7 trillion so‘mni, xarajatlari 216,2 trillion so‘mni tashkil etadi. Budjet taqchilligi esa 37,5 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 111
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 72
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 210
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar